Iqtisod

Yana bir mamlakat "RF-Oʻzbekiston" agroyoʻlagiga qoʻshiladi - buni qanday afzalliklari bor?

© SS0 / Unsplash / CHUTTERSNAPKonteynerы, illyustrativnoye foto
Konteynerы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.07.2021
Iyun oyida Rossiya eksport markazi, "Rossiya temir yoʻllari logistika" va Uzagrologistics Centers agrosanoat yuklarini eksport uchun tezkor refrijeratorli konteynerli poyezdlarda tashish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
TOSHKENT, 30 iyul — Sputnik. Qozogʻiston "Rossiya-Oʻzbekiston" agroekspress loyihasiga qoʻshilishi mumkin. Bu oʻzaro qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish hajmini oshirishga yordam beradi.
Ushbu masala "Rossiya eksport markazi" AJ bosh direktori Veronika Nikishina va Qozogʻiston Respublikasi savdo va integrallashuv vaziri oʻrinbosari Kayrat Torebayev tomonidan muhokama qilinli.
Gruzoviki sleduyut pod konvoyem politsii v Folkstone, Velikobritaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Rossiya
Jarimalarni toʻlamagan xorijiy yuk avtomobillari chegaradan chiqarilmaydi
"Rossiya-Oʻzbekiston" agrologistika yoʻlagi uch tomonlama hisoblanadi, chunki yuk oqimlari Qozogʻiston hududidan oʻtadi. Poyezdlar uzoq kechikishlarsiz harakatlanishi uchun biz nazorat qiluvchi organlarning ishini sinxronlashtirishimiz kerak, bu ayniqsa tez buziladigan mahsulotlarni yetkazib berish uchun juda muhimdir", - deb taʼkidladi Nikishina.
Uning soʻzlariga koʻra, shu yoʻl bilan bu davlatlarning biznesi raqobatbardosh ustunlikka ega boʻladi. Shuningdek, oʻrta muddatli istiqbolda RF, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash sezilarli darajada oshadi, bozorlar faoliyatining barqarorligi va davlatlar iqtisodiyotining barqarorligi taʼminlanadi.
Torebayev ishlarni muvofiqlashtirish va sinxronlashtirish, shu jumladan Rossiyadan Oʻzbekistonga boradigan barcha yoʻlak boʻylab tranzit transporti uchun qulay tariflarni shakllantirish masalalarini hal qilish zarurligini taʼkidladi.
Iyun oyida Rossiya eksport markazi, "Rossiya temir yoʻllari logistika" va Uzagrologistics Centers agrosanoat yuklarini eksport uchun tezkor refrijeratorli konteynerli poyezdlarda tashish toʻgʻrisida shartnoma imzolagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala