Jamiyat

Boʻston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Fotobankka oʻtishPrazdnovaniye Kurban-bayrama
Prazdnovaniye Kurban-bayrama - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi.
TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi.
Sadbarxon Mamitova 1966 yil Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1982-1986 yillarda Namangan qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqigan, 1993 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston: 1400dan ortiq kovid va pnevmoniya, 8 kishi vafot etdi
Mamitova Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2007-08 yillarda tuman hokimi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi boʻlgan, 2019-2020 yillarda “Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy boʻlimi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2019 yil dekabrdagi saylovlarda xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga deputat etib saylangan.
2020 yil 4 mart kunidan hozirgacha Boʻston tumani hokimi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala