Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi - video

© Sputnik / Abzal KaliyevDraka, illyustrativnoe foto
Draka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2021
Obuna bo‘lish
Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.
Voqea poytaxt markazidagi "Troyka" savdo markazida sodir bo‘ldi.
OAV yozishicha, mojaroda otishma bo‘lgan, 20 nafarga yaqin odam qatnashgan, ayrimlar ushlangan. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, mushtlashuvda chet elliklar ishtirok etgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avvalroq, RF Ichki ishlar vazirligi ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etadigan chet elliklar mamlakatdan chiqarib yuborilishi va unga kirish taqiqlanishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyul kuni Moskvada “Kuzminki” metro bekati oldidagi ommaviy mushtlashuv yuz berdi, unda 200 nafarga yaqin Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan bo‘lgan fuqarolar qatnashdi. Shundan so‘ng 102 nafar migrant qo‘lga olindi.
Yangiliklar lentasi
0