Senat aholini majburiy emlashga doir qonunni ma’qulladi

© Press-slujba xokimiyata Almazarskogo rayona TashkentaV Tashkente nachali vaksinatsiyu v mestax massovogo skopleniya lyudey
V Tashkente nachali vaksinatsiyu v mestax massovogo skopleniya lyudey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2021
Obuna bo‘lish
Senat bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini majburiy profilaktik emlash hamda xodim emlashni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi
Vaksinatsiya, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.07.2021
"Emlash majburiy bo‘lishi kerak" - O‘zbekiston bosh epidemiologi
Qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq norma kiritilmoqda;
Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligi nazarda tutilmoqda.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0