Jamiyat

Uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishVinogradnaya loza i vino v bokale na vinodelcheskom predpriyatii "Massandra" v Krыmu.
Vinogradnaya loza i vino v bokale na vinodelcheskom predpriyatii Massandra v Krыmu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.07.2021
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.
Tseremoniya zakladki kapsulы pri stroitelstve medno-obogatitelnoy fabriki v Almalыke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Iqtisod
Olmaliqda mis sanoati klasteri yaratiladi – prezident
Ixtisoslashgan tumanlardagi 156 ming gektar maydonda (shu jumladan 2021 yilda 50 ming gektar) uzumzorlar barpo etilib, ularni isteʼmolchiga yetkazishga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.
2021 yil 1 avgustdan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari (sugʻoriladigan va sugʻorilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.
Ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xoʻjaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar oʻlchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 – 30 gektar oʻlchamlarda chiqariladi.
Proizvodstvo podsolnechnogo masla  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Iqtisod
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 34ta klasterga yogʻ narxi oshishi yuzasidan ish qoʻzgʻatdi
2021 yil 1 sentyabrdan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan, uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha doimiy loyiha ofislari tashkil etiladi;
- aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum yetishtirishni kengaytirishning yangi mexanizmi joriy etiladi;
- uzum yetishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning toʻliq tsiklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi.
Kartofel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.05.2020
Iqtisod
Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi
2022 yildan har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yoʻnalishida “eng yaxshi uzum navi”, “eng yaxshi intensiv tokzor”, “eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominatsiyalarda oʻtkaziladigan respublika koʻrik tanlovi taʼsis etiladi.
2022 yil 1 yanvardan mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qoʻshilmagan holda) va koʻpiklanadigan vinoning 1 daliga aktsiz soligʻi 1 soʻm etib belgilanadi.
Shuningdek, 2021 yil yakunigacha Jizzax davlat universiteti hamda Fargʻona davlat universitetida uzumchilik va vinochilik rivojlangan xorijiy davlatlar OTMlari bilan hamkorlikda qoʻshma fakultet tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader