Video

“Yer qimirlab ketdi”: Toshkentdagi kuchli gaz portlashi oqibatlari

31 iyul kuni soat 19:30 larda Toshkentning Sergeli tumani "Qoʻshqoʻrgʻon" mahallasidagi omborxonada gaz portlashi yuz berdi.
FVV maʼlumotlariga koʻra, hodisa oqibatida korxona xodimi halok boʻlgan va yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Omborxonadan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushgan va unga yonma-yon joylashgan doʻkon ham qisman zarar koʻrgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlash xonaga gaz sizib chiqishi oqibatida kelib chiqqan.

“Yer qimirlab ketdi. Tom maʼnoda koʻtarilib tushdi. Biz biror bir joyda gaz quyish yoqilgʻisi portlab ketdi deb oʻyladik, chunki portlash juda kuchli boʻldi. Koʻrgani kelganimizda oq rangli quyuq tuman bor edi. Balki bu chang edi. Omborxonada nima saqlashganini bilmaymiz, lekin kimdir u yerda qandaydir penkalar boʻlganini aytdi”, - dedi Sputnik muxbiriga voqea guvohlaridan biri.

Hozirda voqea joyida elektr uzatishni tiklash ishlari yakunlangan. Uylar va yaqin atrofdagi doʻkonlarda yana chiroq yongan. Ammo savdo nuqtalari kuchli zarar koʻrgan. Omborxonaga qoʻshni binoda shift qulab tushgan, oynalar chil-chil boʻlgan. Hozir barcha savdo nuqtalari yopiq.
Posledstviya moщnogo vzrыva na sklade v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Hodisalar
Sergelidagi omborxonalardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok boʻldi
Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sputnik muxbiri voqea joyida boʻlib, portlash oqibatlarini tasvirga oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala