Migratsiya

Migrantlar uchun imtihon yangi topshiriqlar boʻyicha oʻtkaziladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Imtihon chet elliklar va fuqaroligi yoʻq shaxslar uchun uch darajada oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. 1 avgustdan Rossiyada yashash va ishlashni rejalashtirayotgan xorijliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon yangi topshiriqlar boʻyicha oʻtkaziladi. Bu haqda Rosobrnadzor matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi topshiriqlarni Pedagogik oʻlchovlar federal instituti (FIPI) ishlab chiqqan.
Imtihon chet elliklar va fuqaroligi yoʻq shaxslar uchun uch darajada oʻtkaziladi: ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent, vaqtincha yashash ruxsatnomasi (RVP) va yashash guvohnomasini (VNJ) olish uchun.
Rus tilidan imtihon ogʻzaki va yozma shaklda, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslaridan esa test, jumladan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda olinadi.
FIPI saytida testlarning namoyish uchun belgilangan variantlari bilan tanishish mumkin.
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Migratsiya
Rus tilida erkin soʻzlashish va Rossiya tarixi: migrantlarga qanday talablar qoʻyildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala