Sergelidagi omborxonalardan birida gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosledstviya moshnogo vzriva na sklade v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Posledstviya moshnogo vzriva na sklade v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.08.2021
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida korxona xodimi halok bo‘lgan va yana uch kishi turli darajada tan jarohati olgan.
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Toshkentning Sergeli tumani "Qo‘shqo‘rg‘on" mahallasidagi omborxonada gaz portlashi yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, yong‘in 31-iyul kuni soat 19:30 larda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida korxona xodimi halok bo‘lgan va yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Spasateli MChS likvidirovali pojar, vspixnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2021
Toshkentdagi “Zamondosh” milliy taomlar oshxonasida yong‘in yuz berdi
Omborxonadan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushgan va unga yonma-yon joylashgan do‘kon ham qisman zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash xonaga gaz sizib chiqishi oqibatida kelib chiqqan.
Voqea joyida FVV qutqaruvchilari, IIV, Bosh prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0