Siyosat

TIV rahbari Pan Gi Mun bilan yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etishni muhokama qildi

© Press-slujba MIDGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov v Seule provel peregovorы s predsedatelem Assamblei Globalnogo instituta zelenogo rosta (GGGI), bыvshim gensekom OON Pan Gi Munom.
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov v Seule provel peregovorы s predsedatelem Assamblei Globalnogo instituta zelenogo rosta (GGGI), bыvshim gensekom OON Pan Gi Munom. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Seulda Abdulaziz Kamilovning Yashil oʻsish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi Pan Gi Mun bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. Seulda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yashil oʻsish global instituti (GGGI) Assambleyasi raisi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, tomonlar Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududida Yashil oʻsish global institutiga birinchi aʼzo davlat boʻlganini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Toshkentda GGGI ning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochildi. Oʻndan ortiq qoʻshma tadbirlar amalga oshirildi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston va GGGI oʻrtasidagi qator sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, yashil iqtisodiyot texnologiyalarini joriy etish, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda KOICA va GGGI oʻrtasidagi qiymati 5,6 million AQSH dollariga teng loyiha doirasida Orol dengizi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatini yaxshilash boʻyicha oʻzaro munosabatlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Vid sverxu na ploщad Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Iqtisod
Samarqand Oʻzbekistonda birinchi boʻlib YETTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala