Turizm

Yangi Airbus vertolyotlaridan turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida foydalaniladi

© Press-slujba AO Uzbekistan AirwaysUzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
“Uzbekistan Helicopters” tijoriy maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan ikkita Airbus H125 vertolyoti taqdimotini oʻtkazdi.
TOSHKENT, 1 avg — Sputnik. 31 iyul kuni “Uzbekistan Helicopters” MCHJ yangi sotib olingan ikkita Airbus H125 va Mi-8MTV vertolyotlari taqdimotini oʻtkazdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taqdimotda bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda xorijiy turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
“Yangi olib kelingan vertolyotlar turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida ekspluatatsiya qilinadi. Demak, biz barcha turistik kompaniyalarni hamkorlikka chaqiramiz. Raqobat muhitida shakllanayotgan ushbu turistik xizmat turini amalga oshirish uchun Turizm va sport vazirligi tadbirkorlarga hamma sharoitlarni yaratishga, xususan, litsenziyalar taqdim etishga tayyor. Shu munosabat bilan sotib olingan vertolyotlar prezident tomonidan ham tashqi, ham ichki turizmni rivojlantirish borasida qoʻyilgan vazifalarga samarali yechim topish imkoniyatini beradi”, - dedi Aziz Abduhakimov oʻz nutqida.
© Press-slujba AO Uzbekistan AirwaysUzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Tadbir doirasida OAV vakillari va blogerlar vertolyotlarda Toshkent-Bildirsoy-Amirsoy-Chimgan-Toshkent yoʻnalishida tanishuv parvozini amalga oshirdi.
Airbus Helicopters H125 yengil dvigatelli vertolyot FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. U jami 6 kishiga (2 nafar uchuvchi va 4 nafar yoʻlovchi) moʻljallangan. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yongʻin maydonlarini oʻchirish, yukni koʻtarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng koʻlamli vazifalarni bajarishda qoʻllaniladi.
© Press-slujba AO Uzbekistan AirwaysUzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.08.2021
Uzbekistan Helicopters provel prezentatsiyu vertoletov Airbus H125 i Mi-8MTV
3 nafar ekipaj aʼzolaridan iborat Mi-8MTV vertolyotining biri 20, ikkinchisi esa 16 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala