"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishViveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) "Gazprom"
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
Obuna bo‘lish
YeI or osti gaz omborxonlarida hosil bo‘lgan zahiralar taqchilligi oqibatida YeI gaz bozorida narxlar oshdi.
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. "Gazprom" Yevropaning eng yirik gaz saqlash omborlariga jamlanayotgan gaz hajmini qisqartirdi, deb xabar qolmoqda Gas Infrastructure Europe portali.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Gazprom” Avstriyadagi Xaydax, Germaniyadagi Reden hamda Niderlanddagi Bergermeyer omborlariga jamlanayotgan gaz hajmini qisqartirgan.
OAO Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2019
"Gazprom" Turkmanistondan yana gaz sotib ola boshladi
Odatda dam olish kunlarida sanoat tomonidan qo‘llanilayotgan gaz hajmi kamayishi hisobidan yetkazib berilayotgan gazning qo‘shimcha hajmlari paydo bo‘ladi va ular omborxonalarga yo‘naltirilar edi.
Biroz oldin “Gazprom” Ukraina orqali Yevropaga gaz tranzit qilishda qo‘shimchq quvur quvvatlari bron qilishdan voz kechgan edi.
Iyul oyida Rossiya kompaniyasi Yevropa bozoriga sutkasiga jami 124 mln. metr kub gaz yetkazib bergan. Avgust oyida ham xuddiy shunday hajmda gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun "Yamal — Yevropa" gaz quvurida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli "Shimoliy oqim – 1” gaz quvuri orqali Yevropaga yetkazib berilayotgan gaz hajmi qisqartirilgan edi. Buning natijasida YeI or osti gaz omborxonlarida zahiralar taqchilligi hosil bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida, gaz bozorida narxlar oshishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0