Kolumnistlar

Greta Tunberg endi kerakmas, undan voz kechishdi

© Sputnik / Sherri Pardi / Fotobankka oʻtishMiting s uchastiyem ekoaktivistki Gretы Tunberg v SSHA
Miting s uchastiyem ekoaktivistki Gretы Tunberg v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Yelena Karayeva
Iyul oxirida insoniyat, Gʻarb OAVlari xabariga koʻra, uglevrod gazlarini atmosferaga chiqarish boʻyicha Yer sharining bir yillik zahirasini ishlatib boʻlgan. Avgust oyining boshidan dekabr oxiriga qadar nima qazib olinsa va atmosferaga chiqarilsa, bu “ekologik qarz” evaziga boʻladi.
Mutaxassislar hisob-kitob qilishiga koʻra, insoniyat qaysi mamlakat yoki qitʼada yashashidan qatʼiy nazar, bugungi kundagidek isteʼmol va ishlab chiqarish darajasini saqlab qolishi uchun Planetada mavjud zahiralardan 3/2 barobar koʻproq resurs kerak boʻladi.
Vid sverxu na ploщad Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Iqtisod
Samarqand Oʻzbekistonda birinchi boʻlib YETTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshildi
Ekologiya mavzusida gap ketganda Greta Tunbergni esga olmasdan iloj yoʻq. Esingizda boʻlsa ushbu shvetsiyalik qiz bir vaqtlar iqlim oʻzgarishiga qarshi “maktab oʻquvchilari ishtirokida norozilik namoyishi” uyushtirgan edi.
Lekin Gretaning reja va maqsadlarini yaqindan oʻrganib chiqqanda, undan foydalanganlar haqida boshqacha xulosaga kelish mumkin.

Ekologiya va SSSR

Aytish joizki, oldin SSSRda hozir Rossiyada yashayotgan kishilarga tabiatni qanday sevish kerakligini oʻrgatishning mutlaqo hojati yoʻq.
Dunyoning barcha “rivojlangan” davlatlari supermarketlarida xaridlar plastik paketlarga joylay boshlanganida SSSR va Rossiyada fuqarolar magazinga yonlariga toʻrli setka (avoska) solib borardilar. Hozir esa bu modaga aylangan. Oʻsha vaqtlar oziq-ovqat mahsulotlari pergament qogʻoziga oʻralib berilardi. Tsellofan paketlar esa yuvilib qayta-qayta ishlatilar edi.
Bolalarga esa yoshlikda metallolom, makulatura jamlashni oʻrgatishar va mehnat evaziga ajoyib kitoblar sovgʻa qilinar edi.
Shisha idishlar ham qayda foydalanish uchun topshirilar edi. Sut, qatiq, vino, pivo ichimliklari idishlaridan qayta-qayta foydalanilar edi.
Bunday hayot tarzi, nafaqat jamiyatning kambagʻalligi, balkim tabiat zahiralariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish istagi bilan ham belgilanar edi. Bu oʻsha davrning oʻziga xos maishiy madaniyati edi. Keyinchalik uni qoralashga qaratilgan koʻplab urinishlar boʻldi.
Bu, oʻrni kelganda, shunchaki solishtirish xolos.

Chiqindi gaz kvotasi

Keling “tabiatni avaylashga” qaror qilgan “rivojlangan davlatlar”ga qaytamiz.
Atmosferaga SO2 chiqarishni cheklashga qaratilgan Kioto protokoli kuchga kirganidan soʻng, “bugʻxona gazlari” hajmi kamayishi oʻrniga birja savdolarida yuqori qiymatli tovarga aylandi.
Tramvay na vodorodnom toplive v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.04.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda "yashil" vodorod energetikasi rivojlantiriladi
Uglevodorod chiqindilar kvotasi xuddi neft, bugʻdoy, kakao yoki boshqa real mahsulotdek sotila boshladi.
Xullas, Yer sharini saqlab qolish shiori ostida birjalarda shunchaki yoʻq narsa “havo” sotilmoqda. Kvotasi koʻp boʻlganlar va kvotasi boʻlmaganlar orasida makler va brokerlar ulkan daromad olmoqda.
Qayerda moʻmay pul boʻlsa oʻsha yerda firibgarlik uchun ham katta imkoniyatlar paydo boʻladi. Masalan, Ostap Benderning “meʼrosxoʻrlari” Frantsiyanidan “havo” savdosida QQS toʻlamaganlikda ayblab 2 milliard yevrosini shilib olishgan edi.
Lekin baribir 10 yil oldin bu maydonga hali globalistlar kelmagan, vaziyat tinch edi. 2015 yilda Parijda iqlim boʻyicha anjuman yakuniga yetgan zamon, “yashil bondlar” (yaʼni obligatsiyaga oʻxshash birjada pul topish vositasi) paydo boʻldi.
Ushbu qarzlar yirik banklar yoki Yevropa Markaziy banki tomonidan kafolatlanadi. Ularning yillik hajmi oʻnlab milliard yevro. Lekin bu ham Malezon ballletining barchasi emas, kirish qismi xolos.
Birinchi akt 3 yil oldin, sahnaga Greta Tunberg chiqqanida boshlandi. Ayrim nuqsonlarga ega boʻlgan oʻsmir qizcha – ekologiya sohasida Janna d'Ark rolini oʻynashi kerak edi. 2018 yilda Shvetsiya parlementi oldida Greta ekoligiya himoyasiga bagʻishlangan turli namoyishlar oʻtkazar, dunyoning barcha yetakchi OAVlari esa uning har bir soʻzini har bir harakatini oqizmay tomizmay keng ommaga yetkazib turar edi.
Bunday piarga hatto sport va kino yulduzlri, siyosatchilar ham havas qilsa arziydi.
“Oltin milliard” davlatlar aholisinining miyasini chayishga qaratilgan ushbu kampaniyaning oʻziga yarasha narxi ham bor edi. U yarim yildan soʻng Katovitse shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi “iqlim anjumanida” maʼlum boʻldi. U yerda, asosan Yevropa saʼy-harakatlari bilan, rivojlangan davlatlar iqtisodini “yashil relslarga” oʻtkazish haqida qaror qabul qilindi. AQSH va Rossiya ushbu anjumanda alohida fikr bildirishdi xolos.

Ushbu tashabbus qiymati – yiliga 100 milliard yevroni tashkil qildi.

Asosiy maqsad – bozorlarni yashil texnologiyalar foydasiga taqsimlash, jarayonda barcha Yevropa banklari va moliyaviy oqimlarini qamrab olish va yoʻl-yoʻlakay ozroq rivojlanayotgan davlatlarga yordam berish.
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov prinyal uchastiye v konferentsii vыsokogo urovnya «Zelenaya Tsentralnaya Aziya» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.01.2020
Jamiyat
Kamilov “Yashil Markaziy Osiyo” yuqori darajadagi konferentsiyada nutq soʻzladi
Bu yerda gap shunchaki makulatura yoki metallom jamlash, yoki shisha idishlardan qayta foydalanish haqida ketmayapti. Gap – asosiy pul oqimlarining manzillari oʻzgarishi hamda “yashil revolyutsiya” tashkilotchilarining tarkibi oʻzgargani haqida ketmoqda.
Ushbu moliya oqimlari, albatta, kichik va oʻrta biznesni chetlab oʻtadi. YEI tomonidan ekologik tashabbuslarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan mablagʻlarning yarmidan koʻpi – 740 milliard dollari – bu yirik biznes va transmilliy korporatsiyalarga yoʻnaltirilgan.
Oddiy fuqarolar esa – bir necha oʻn yevro evaziga toʻr setka (narxi 80 yevrogacha) sotib olish va oʻzlarini “yangi isteʼmolchi”lar qatoriga qoʻshishga imkon beradi.

Xoʻsh, Greta qani?

Greta oʻziga belgilangan rolni oʻynab boʻldi. Endi u ketsa ham boʻladi. Aniqrogʻi uni “quvishdi”.
Soʻnggi vaqtlarda ekologiya “Janna d'Ark”ining bayonotlari koʻproq “iqlim oʻzgarishiga” yoki “oʻgʻirlangan bolalikka” taaluqli boʻlmay COVID-19 vaktsinalarining noteng taqsimlanishi haqida edi.
Greta qiziqishlarining bunday keskin oʻzgarishini koʻrish – hayratlanarli albatta. Lekin globalist darajasidagi gʻirromlar bilan qarta oʻynashga qaror qilgandan soʻng, ulardan halol oʻyin kutishning oʻzi gʻalati boʻlsa kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala