Migratsiya

Migrantlar yoʻqligi inflyatsiyani oshirmoqda – Sobyanin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVыstupleniye mera Moskvы Sergeya Sobyanina na Krasnoy ploщadi v Moskve
Vыstupleniye mera Moskvы Sergeya Sobyanina na Krasnoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Moskva qurilish maydonlarida migrantlar yetishmasligi - inflyatsiya oʻsishiga taʼsir qilmoqda.
TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Moskva meri Sergey Sobyanin aytishiga koʻra, Moskva qurilish maydonlarida migrantlar yetishmasligi inflyatsiya oʻsishiga ham taʼsir qilmoqda.
“Oʻtgan yozda barcha qurilish maydonchalarini ikki oyga yopishga toʻgʻri keldi. Shuningdek oobodonlashtirish va taʼmirlash ishlari ham toʻxtatildi. Oqibatda qurilish tashkilotlari koʻplab ishchilarni ishdan boʻshatib yubordi...

Keyinroq esa, maoshlarni koʻtarishga toʻgʻri keldi va hamma narsaning narxi osha boshladi. Mehnat unumdorligi va mahsulot miqdori oshmasa, lekin ish haqi oshsa nima boʻlishini sizga har qanday iqtisodchi tushuntirib berishi mumkin. Shu sababli biz hozir inflatsiya oʻsishini kuzatmoqdamiz”, - dedi Sobyanin RBK nashriga bergan intervyusida.

Xulosa qilib aytganda, migrantlar yoʻqligi inflyatsiya oʻsishiga sabab boʻldi. Lekin biznes moslashmoqda, ish hajmi ham oʻsmoqda.
Shuningdek, Sobyaning pandemiya oqibatida Moskva necha pul yoʻqotganiga ham oydinlik kiritdi. Mer aytishiga qaraganda, 1,5 yillik pandemiya davrida Rossiya poytaxti 600 milliard rubl zarar koʻrgan. Buning ichiga oʻtgun yili byudjjetga tushmagan 200-250 milliard rubl va pandemiya oqibatlariga qarshi kurash uchun sarflangan 350 milliard rubl kiradi. Shuningdek davlat tomonidan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 milliard rubl sarflangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala