Madaniyat

Oʻzbek olimlari Afgʻonistonda topilgan "Kushon xazinasi"ni oʻrganadi

© Foto iz lichnogo arxiva Vladimira BurogoZoloto Baktrii — naxodki sovetskoy ekspeditsii v Afganistan
Zoloto Baktrii — naxodki sovetskoy ekspeditsii v Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Afgʻonistonda sovet arxeologleri yordamida topilgan "Kushon oltini" xazinasi 20 ming artefaktlardan iborat boʻlib, dunyodagi eng yirik va boy topilmalardan biri hisoblanadi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekistonlik olimlar Afgʻoniston hududida topilgan oltin xazinani sinchiklab oʻrganishga kirishadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Maʼlumki, Afgʻoniston hududida topilgan “Kushon oltini” xazinasi insoniyat tarixida eng yirik va eng boy oltin buyumlar xazinasi hisoblanadi. Ushbu xazina 1978 yilda sovet-afgʻon arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan edi. Uning tarkibiga eramizning 1-4 asrlariga doir 20 ming oltin buyumlar kiradi. Oʻsha vaqtda Afgʻonistonda urush boshlanib qolishi munosabati bilan Kushon xazinasi oxirigacha qazib olinmagan. Qazib olingan buyumlar esa toʻliq Qobuldagi Milliy muzeyga topshirilgan.
Oʻzbekiston va Afgʻoniston hukumatlari kelishuviga koʻra, oʻzbekistonlik olimlar ushbu bebaho xazinaning buyumlari bilan ishlash, ularni oʻrganish, suratga tushirish imkoniga ega boʻlishdi. Izlanishlar natijasida ushbu xazinaga bagʻishlangan kitob-albom chop etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala