Jamiyat

Oʻzbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi

© Agenstvo vneshney migratsii respubliki UzbekistanV Amurskuyu oblast na rabotu pribыli 197 grajdan respubliki Uzbekistan
V Amurskuyu oblast na rabotu pribыli 197 grajdan respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Ayni damda 1,6 million Oʻzbekiston fuqarolari chet ellarda mehnat qilishmoqda, ulardan 1,1 millioni - Rossiyada.
TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Pandemiya vaqtida Oʻzbekiston 380 ming fuqarolariga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi. Bu haqida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi kotibi Zokir Zaitov maʼlum qildi.
“Pandemiya vaqtida elchixona va konsulxona taxminan 380 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolarga Rossiyadan chiqib ketishda yordam berdi”, - dedi Zaitov jurnalistlarga.
Undan tashqari Oʻzbekistonning aksariyat fuqarolari Rossiyadan mustaqil ravishda yoki charter parvozlar orqali chiqib ketgan.
Elchixona xabar qilishiga koʻra, migratsiya eng rivojlangan, kovidgacha boʻlgan vaqtlarda Rossiyada 1,5 – 2 milliongacha Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan. Hozir esa – bir milliondan ortiq fuqarolar Rossiyada yashamoqda. Aniq raqamlar maʼlum emas.
Yejednevno boleye 100 grajdan obraщayutsya za pomoщyu v posolstvo Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2020
Jamiyat
Meni tezroq uyga joʻnating: Pandemiya, elchixona va fuqarolar
Eslatib oʻtamiz, 2021 yildan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirib kelish ancha mushkullashdi. Birinchidan bunga Rossiyaning mehnat munosabatlari sohasida qonunchiligi sabab boʻlgan boʻlsa, ikkinchidan parvozlar qimmatligi va soni kamligi sabab boʻlmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga koʻra, yil boshidan buyon Rossiyaga 29 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda mehnat qilishga kelgan.
Statistika maʼlumotlariga koʻra, ayni damda 1,6 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari (ijtimoiy faol aholining 20%) chet ellarda mehnat qilishmoqda. Ulardan 1,1 millionga yaqini Rossiya Federatsiyasida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala