Prezident millatlararo do‘stlikka hissa qo‘shayotgan fuqarolarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
Obuna bo‘lish
Mukofotlangan fuqarolar orasida O‘zbekistonda yashayotgan qirg‘iz, rus, ukrain, tatar, koreys va boshqa turli millatlar vakillari bor.
TOShKENT, 2 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikada millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan 60dan ortiq fuqarolarni mukofotladi. Bu haqida 30-iyul kuni e’lon qilingan farmonda aytib o‘tilgan.
Prezident farmonida, xususan quyidagi fuqarolar taqdirlangan:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Djabbarov Raxmatulla Mamatovich - Respublika qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi
Pak Viktor Nikolayevich - Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi
Yusupov G‘ulamzakir Yesenovich - "Nurli jol" gazetasi bosh muharriri
Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Aytjanov Uzakbay Yechanovich - Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Akopdjanova Galina Alekseyevna - Farg‘ona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi
Babayev Boris Raximovich - "Kultura.uz" veb-sayti bosh muharriri
Boyko Vladimir Fedorovich - "Slavutich" Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi
Jalmenov Ulikbek Abilayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi
Kapanadze Vaxtang Irakliyevich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi "Zarafshon" qurilish-montaj boshqarmasi boshlig‘i
Kurbanov Orazmirat Rejepovich - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi
Kurbanov Rustambek Djavdatovich - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi
Nabiullin Rishat Xismatullovich - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi raisi
Pashayeva Gulnisa Firuzovna - Mirzacho‘l tumanidagi "Rasim Iroda" biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati
Salomov Abduxalim - Shahrisabz tumanidagi "G‘elon" qishloq fuqarolar yig‘inining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati
Setan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy madaniy markazi raisi
Usenov Serikbay Nazarovich - Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, II darajali “Salomatlik” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, “Sog‘lom turmush” medali, “Sodiq xizmatlari uchun” medali va “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar bor. Farmon matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun, BMT qaroriga muvofiq, 30-iyul – butun dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanib keladi. O‘zbekistonda ham 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan qonunga asosan ushbu sana Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan bayoram tabrigi ham yo‘llagan edi.
Yangiliklar lentasi
0