Jamiyat

Prezident millatlararo doʻstlikka hissa qoʻshayotgan fuqarolarni mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Mukofotlangan fuqarolar orasida Oʻzbekistonda yashayotgan qirgʻiz, rus, ukrain, tatar, koreys va boshqa turli millatlar vakillari bor.
TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublikada millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlashga oʻz hissasini qoʻshayotgan 60dan ortiq fuqarolarni mukofotladi. Bu haqida 30 iyul kuni eʼlon qilingan farmonda aytib oʻtilgan.
Prezident farmonida, xususan quyidagi fuqarolar taqdirlangan:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Djabbarov Raxmatulla Mamatovich - Respublika qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi
Pak Viktor Nikolayevich - Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi
Yusupov Gʻulamzakir Yesenovich - "Nurlы jol" gazetasi bosh muharriri
Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Aytjanov Uzakbay Yechanovich - Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti gʻoʻza selektsiyasi va urugʻchiligi boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Akopdjanova Galina Alekseyevna - Fargʻona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi
Babayev Boris Raximovich - "Kultura.uz" veb-sayti bosh muharriri
Boyko Vladimir Fedorovich - "Slavutich" Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi
Jalmenov Ulikbek Abilayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi
Kapanadze Vaxtang Irakliyevich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi "Zarafshon" qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi
Kurbanov Orazmirat Rejepovich - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi
Kurbanov Rustambek Djavdatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi
Nabiullin Rishat Xismatullovich - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-maʼrifiy markazi raisi
Pashayeva Gulnisa Firuzovna - Mirzachoʻl tumanidagi "Rasim Iroda" biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati
Salomov Abduxalim - Shahrisabz tumanidagi "Gʻelon" qishloq fuqarolar yigʻinining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati
Setyan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy madaniy markazi raisi
Usenov Serikbay Nazarovich - Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmonda I va II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni, II darajali “Salomatlik” ordeni, “Doʻstlik” ordeni, “Sogʻlom turmush” medali, “Sodiq xizmatlari uchun” medali va “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar bor. Farmon matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun, BMT qaroriga muvofiq, 30 iyul – butun dunyoda Xalqaro doʻstlik kuni sifatida nishonlanib keladi. Oʻzbekistonda ham 2021 yil 10 fevralda qabul qilingan qonunga asosan ushbu sana Xalqlar doʻstligi kuni deb belgilandi. Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan bayoram tabrigi ham yoʻllagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader