Siyosat

Prezident shu hafta Turkmanistonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Avaza shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Turkmanistonga safar qiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"Juma kuni (6 avgust – tahr.) Prezidentimiz Turkmanistonning Avaza shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi. Uchrashuvda qator tadbirlar rejalashtirilgan” - dedi u brifing davomida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining sammiti 6 avgust kuni Turkmanistonda boʻlib oʻtishi xabar qilingan edi. Mirziyoyev turkmanistonlik hamkasbi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ushbu sammitga tayyorgarlikning borishini muhokama qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala