Dunyoda

Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekka soʻroq qilish uchun olib kelindi

© Sputnik / Aleksandr Natruskin Askar Akayev
 Askar Akayev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Qayd etilishicha, Akayev hozir MXDQ binosida va u yerda uning ishtirokida “Qumtor” oltin koniga oid jinoyat ishi doirasida zaruriy tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev Bishkekka olib kelindi, u bilan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston nashri xabar qilmoqda.
"Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ) tomonidan koʻrilgan choralar natijasida 2021 yil 2 avgust kuni sobiq prezident Asqar Akayev Bishkek shahriga olib kelindi, shundan soʻng zudlik bilan Idoralararo tergov guruhiga topshirildi”, -deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, Akayev hozir MXDQ binosida va u yerda uning ishtirokida “Qumtor” oltin koniga oid jinoyat ishi doirasida zaruriy tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Prezident Kыrgыzskoy Respubliki Sooronbay Jeenbekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Dunyoda
Jeenbekov ustidan berilgan arizani Qirgʻiziston MXDQ va IIV koʻrib chiqadi
Avvalroq Qirgʻizistonning birinchi va ikkinchi prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlar mamlakatdagi eng yirik oltin koni boʻlgan “Qumtor” ishi boʻyicha xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Akayev 1990-2005 yillarda Qirgʻiziston prezidenti boʻlgan. 2005 yilda "Lolalar inqilobi"dan soʻng isteʼfoga chiqqan edi. Oʻshandan buyon Moskvada yashab ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala