Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi toʻliq emlangan – Asadov

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
TOSHKENT, 2 avg— Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi toʻliq emlangan. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Biroq Asadov davlat rahbari aynan qaysi vaktsina bilan emlanganiga oydinlik kiritmadi.

"Prezidentimiz masʼuliyatli fuqaro sifatida albatta, vaktsina olganlar. Oʻsha vaqtda Oʻzbekistonda 3 ta vaktsina roʻyxatdan oʻtgan edi: "ZF-UZ VAC2001", "AstraZeneca" va "Sputnik V". Prezidentimiz shu vaktsinalardan biri bilan toʻliq emlanganlar", - deya javob berdi u prezident emlanganmi degan savolga.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida aholini faolroq emlanishga chaqirgan edi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda ayni kungacha jami 7,6 mlndan ziyod doza vaktsinadan foydalanilgan. 1,2 million nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi toʻliq emlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala