Hodisalar

Surxondaryoda bir guruh shaxslar voyaga yetmagan bola va ikki IIV xodimini doʻpposladi

© Sputnik / Abzal KaliyevDraka, illyustrativnoye foto
Draka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Keyin ularni tinchlantirmoqchi boʻlgan ikki IIB xodimlariga jarohat yetkazishgan.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyati Uzun tumanida voyaga yetmagan bola va IIV xodimlarini doʻpposlangan besh nafar fuqaroga qarshi jinoiy ish ochildi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga koʻra, sariosiyolik A.O., SH. D., B. SH., N. A. va R. SH.lar tumandagi Oʻzbekiston mahallasida joylashgan chorraha yonida voyaga yetmagan R.S.ni hech bir sababsiz doʻpposlashgan.
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Hodisalar
Toshkentda qabulga kelgan mast bemor shifokor ayolni doʻpposladi
Shu vaqtda yaqin oʻrtada xizmat vazifasini oʻtayotgan Uzun tumani IIB xodimlari janjalni bartaraf etishga urinishgan. Biroq bezorilar IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.larga faol qarshilik koʻrsatib, ularga qasddan tan jarohati yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatib sodir etilgan boʻlsa) bilan ish qoʻzgʻatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala