Dunyoda

Terrorchi tashkilot Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlari uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi - OAV

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPojarы v Turtsii
Pojarы v Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlari uchun javobgarlikni "Qurdiston ishchi partiyasi"ga aloqador terrorchi guruh oʻz boʻyniga olmoqda - hukumat bunga hech qanday izoh bergani yoʻq.
TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. Turkiyaidagi oʻrmon yongʻinlari uchun javobgarlikni “Olov bolalari” nomli terrorchi tashkilot oʻz boʻyniga oldi, deb xabar qilmoqda Yeni Şafak gazetasi.
“Olov bolalari” Turkiyada terrorchi tashkilot maqomiga ega boʻlib, u “Qurdiston ishchi partiyasi”ga aloqador. Terrorchilar bayonotida aytilishicha, ular “turk rejimini olov yordamida tiz choʻktirish” maqsadida oʻrmon yongʻinlarini ataylab uyushtirishgan.
Turkiya rasmiy vakillari ushbu xabarga hozircha hech qanday izoh berishmagan.
Anomal issiq tufayli soʻnggi kunlarda Turkiyaning koʻplab hududlarida oʻrmonlar yongʻin ichida qolgan. Olov hatto kurort shaharlarga ham juda yaqin kelib qolgan. Xususan 29 iyul kuni Marmaris va Bodrumdagi bir necha mehmonxonalardan sayyohlarni evakuatsiya qilishga majbur boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala