Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Tokio Olimpiadasi: musobaqalarning oʻninchi kunida ham oʻzbekistonliklar medalsiz qolishdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaJalgasbay Berdimuratov
Jalgasbay Berdimuratov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarining oʻninchi kunida Suhrob Xoʻjayev va Jalgasbay Berdimuratov raqiblariga magʻlub boʻlishdi.
TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan Olimpiya oʻyinlarining oʻninchi kunida Suhrob Xoʻjayev va Jalgasbay Berdimuratov Oʻzbekiston sharafini himoya qildi. Afsuski, ularning chiqishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Oʻzi uchun eng yaxshi koʻrsatgich, ammo musobaqada oxirgi oʻrinda

Erta tongdan musobaqalar doirasida yengil atletikaning bosqon uloqtirish yoʻnalishi boʻyicha sportchi Suhrob Xoʻjayev oʻz omadini sinab koʻrdi.
Suxrob Xodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Suxrob Xodjayev
“A” guruhida ishtirok etgan Oʻzbekiston vakili 71.26 metr natijani qayd etdi. Bu bilan Xoʻjayev soʻnggi pogʻonada (15) qoldi. Milliy olimpiya qoʻmitasining maʼlum qilishicha, bu uning Olimpiadalardagi eng yaxshi koʻrsatgichidir. Xoʻjayev avval London-2012 va Rio-2016 Olimpiadalarida qatnashib, 65.88 va 70.11 metr natija koʻrsatgan.

Yunon-rum kurashida ham magʻlubiyat

Yunon-rum kurashi vakili Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 1/8 finalda armanistonlik raqibi Karapet Chalyanga yengildi. Armanistonlik kurashchi yarim finalda Qirgʻiziston vakiliga magʻlub boʻldi. Bu bilan Berdimuratovning bronza medali uchun kurashishga imkoniyati qolmadi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaJalgasbay Berdimuratov
Jalgasbay Berdimuratov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Jalgasbay Berdimuratov
Hozircha Oʻzbekiston vakillari bitta oltin va bitta bronza medalga ega chiqishgan. Ertaga uch nafar bokschi yarim final yoʻllanmasi uchun kurash olib borishadi. Ularning gʻalaba qozonishlariga ishonib qolamiz.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala