Analitika

Afgʻoniston chegaralarida uchyoqlama manyovrlar: ular qanday maqsadda oʻtkazilmoqda

© Press-slujba Minoboronы UzbekistanaSovmestnыe ucheniya "Vostok–2019" voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii
Sovmestnыe ucheniya Vostok–2019 voyennoslujaщix Uzbekistana i Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Afgʻoniston bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish niyatida, lekin afgʻon zaminida mavjud boʻlgan oʻnlab terrorchi guruhlar haqida ham unutgan emas.
Rossiya va Oʻzbekiston qoʻshinlarining mushtarak mashgʻulotlari 2 avgust kuni Afgʻoniston bilan chegarada, Oʻzbekistonning Termizdagi togʻli poligonda boshlandi. Harbiy guruh quruqlikdagi kuchlar, zarba aviatsiyasi, zamonaviy razvedka va nishonlarni koʻrsatish tizimlari yordamida Oʻzbekiston mudofaa va hududiy yaxlitligini taʼminlash boʻyicha vazifalarni mashq qilmoqda.
Manyovrlarga 1500 nafarga yaqin askarlar va ofitserlar, 200 dona jangovar texnika, shuningdek, Rossiya Kant aviabazasining Su-25SM shturmchi samolyotlari jalb qilingan. Uchuvchilar havodan zarbalar orqali mushtarak qoʻshinlar guruhlari harakatlarini qoʻllab-quvvatlashadi.
Prezident Afganistana Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻoniston prezidenti vaziyat yomonlashishini AQSH qoʻshinlari olib chiqib ketilishi bilan bogʻladi
KXSHT kuchlari - harakatda. Rossiyaning Kant birlashgan harbiy aviabazasi - Kollektiv tezkor joylashtirish kuchlarining aviatsiya komponenti boʻlib, boʻlinma sifatida HHK 14 armiyasi va Havo hujumidan mudofaa tarkibiga kiradi. Kant aviabazasi KXSHTga aʼzo davlatlar, jumladan doʻstona Oʻzbekistonning ham hudud va havo maydonlarini - aslini olganda esa, umumiy xavfsizlik makonining xavfsizligini taʼminlaydi.
Birinchi avgust kuni Oʻzbekistonning 200 ga yaqin harbiy xizmatchilari Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Tojikiston Harb-Maydon poligoniga yetib kelishdi. Bu yerda 5-10 avgust kunlari Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston qoʻshinlarining ikkinchi qoʻshma mashgʻuloti boʻlib oʻtadi. Qismlar oʻz texnikalarida Termiz poligonidan 200 kilometrga yaqin marshni amalga oshirib, 200 kilometrga yaqin masofani yengib oʻtdilar. Manyovrlar hududida qoʻmondonlik punktlari joylashtirilgan va oʻt ochish pozitsiyalari jihozlantirilgan.
Tojikistondagi Harb-Maydon chegara poligonidagi mashgʻulotlar Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston birlashgan harbiy guruhining jangovar hamjihatligidan boshlanadi. Asosiy bosqichda uch davlat harbiy xizmatchilari davlat chegarasini buzgan noqonuniy qurolli tuzilmani yoʻq qilish taktikasini mashq qiladi. Manevrlarning barcha bosqichlarida razvedka-oʻt ochish va razvedka-zarba komplekslarini qoʻllash orqali taktik harakatlar koʻzda tutilgan.
Voyennoslujaщiye vo vremya sovmestnыx antiterroristicheskix ucheniy kollektivnыx sil bыstrogo reagirovaniya gosudarstv-chlenov ODKB na poligone Xalkayer v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikiston afgʻon chegarasi yaqinida harbiy mashq oʻtkazadi
Biz Termiz va Harb-Maydon poligonlarida oʻtkaziladigan chegara mashgʻulotlari asta-sekinlik bilan ikki respublika hududida potentsial dushmanni magʻlub etish uchun qay tarzda Rossiya, Oʻzbekiston va Tojikistonning yagona qoʻshma operatsiyasiga integrallashayotganini kuzatmoqdamiz. Jami boʻlib 2500 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 500 ga yaqin qurol va harbiy texnika jalb qilinadi.
Bu yerda oʻta nozik siyosiy holatni inobatga olish lozim – Oʻzbekiston KXSHTga aʼzo emas, ammo qoʻshma manyovrlarda mamlakat ishtiroki, rasmiy Toshkent yagona mintaqaviy xavfsizlik tizimini shakllantirishda umumiy xavotir va xarajatlarni boʻlishishini tasdiqlaydi.

Rossiya pozitsiyasi

Afgʻoniston bilan chegaradagi Rossiya harbiy kontingentining asosiy qismini 201-harbiy baza (Tojikiston) boʻlinmalari va maxsus kuchlar boʻlinmalari tashkil etadi. Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin belgilangan vazifalarga kafolatlangan yechimlarni topish uchun Rossiya qoʻshinlari kontingentini 1800 kishiga va 420 dona harbiy texnikaga oshirishga qaror qildi. Yaʼni, Tojikiston Respublikasi hududida oʻtkazilayotgan qoʻshma mashgʻulotlarda Rossiya texnikasi soni ikki baravarga oshdi.
Takticheskiye zanyatiya motostrelkovoy brigadы YUVO MO RF v Dagestane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiya harbiylari afgʻon-tojik chegarasiga yetib kelishdi - video
Fuqarolar urushi bilan band boʻlgan toliblar Markaziy Osiyo mamlakatlariga bostirib kirishni rejalashtirmayotgandek goʻyoki, shunga qaramay, KXSHT chegaralari yaqinidagi vaziyat murakkab. Iyul oyi boshida "Tolibon"* Afgʻonistonning beshta davlat - Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Xitoy, Pokiston va Kashmir (Hindiston, Xitoy va Pokiston bahsli) bilan chegaralarini nazoratga oldi. Moskva Afgʻoniston hokimiyati toliblar tomonidan toʻliq egallab olinishiga tayyor va garchi voqealarning bunday rivojlanishini aniq roʻy beradi, deb hisoblamasa ham, RF turli stsenariylarga tayyor, - dedi RF Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakil Zamir Kabulov.
Afgʻoniston bilan 1344 kilometrlik chegaraga ega boʻlgan Tojikiston Respublikasining xavfsizligi juda katta tashvish tugʻdirmoqda. Rossiya "Tolibon"* yuzida barcha terrorchi uyushmalarni "jihod" Afgʻoniston chegarasidan chiqadigan taqdirda, oʻz ittifoqchilarini himoya qilishga tayyor ekanligi haqida rasman ogohlantirdi. Zarurat tugʻilganida, Rossiyaning 201 -harbiy bazasi zudlik bilan Tojikistonga yordam beradi va bu yerda butun Markaziy harbiy okrugning jangovar salohiyatini mustahkamlash imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Analitika
Qoʻlni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afgʻonlar Tolibon* davrini qanday eslaydi
Afgʻonistondagi vaziyat murakkablashgandan soʻng, 201-baza sezilarli darajada mustahkamlandi, brigadadan diviziya shtatiga oʻtkazildi va yangi jangovar texnika bilan qayta jihozlandi. Misol uchun, 2018 yildan boshlab motooʻqchilar eng yangi "Berejok" jangovar moduliga ega modernizatsiya qilingan BMP-2M piyodalar jangovar mashinalarini olishmoqda (bu ularga kechasi va kunduzi samarali jang qilish imkonini beradi). Bundan tashqari, Hisor aerodromida 201-baza avia-guruhi Mi-24 zarba vertolyotlari va Mi-8MTV5-1 koʻpnishonli vertolyotlari qayta tashkil etilgan. Vintqanotli mashinalar Afgʻoniston bilan chegaradosh togʻli hududlarini patrul qilishda ishtirok etmoqda.
Rossiya chegarachilari tojik-afgʻon chegarasini qoʻriqlashga jalb qilinmaydi, biroq Tojikistonga Rossiya FSB chegarachilari maslahatchilari yordam bermoqda. Davlat chegaralari mustahkamligida jangovar aviatsiya katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, Panj daryosiga yaqin joyga, Hisor aerodromiga Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari joylashtirildi, bu shturmoviklar ketida HHK Havo hujumidan mudofaa 14-armiyasi qudrati "koʻz-koʻz" boʻlmoqda.
Military Watch jurnali ((https://militarywatchmagazine.com/article/russian-su25-show-force-afghan-border) Rossiya Markaziy Osiyoda muhim harbiy ishtirokini saqlab qolayotganini va Su-25 samolyotlarining joylashuvi RF qoʻshnilariga tahdid soluvchi har qanday kuchlar uchun signal sifatida xizmat qilishini qayd etadi. Shturm samolyotlari dunyodagi eng kuchli qisqa masofali havo koʻmagi platformasi hisoblanadi. Bu samolyot Afgʻoniston, Suriya va hozirgi zamonning boshqa qaynoq nuqtalarida harbiy harakatlarda faol qatnashgan.
Pilotajnaya gruppa Russkiye vityazi na samoletax Su-30SM  vo vremya vыpolneniya letnoy programmы na MAKS-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Rossiyaning Su-25 hujum samolyotlari Tojikistonga yetib keldi
Oʻzbekiston va Tojikiston hududida oʻtkazilgan qoʻshma harbiy mashgʻulotlar, tabiiyki, shimolda "ruslarning katta kuchlari bor", deb hisoblaydigan toliblarni anchayin havotirga soldi, shuning uchun aksariyat "birodarlar" Afgʻoniston janubiga yoʻl olishdi. Shunday qilib, Rossiya va uning ittifoqchilari Markaziy Osiyo mamlakatlariga harbiy tahdidlar potentsialini qoʻshni davlatning ichki ishlariga bevosita aralashmagan holda kamaytirmoqda.

Ortib borayotgan ziddiyatlar

Afgʻonistonning turli provintsiyalarida jangovar harakatlar davom etmoqda, eng shiddatli janglar Nangarhar, Paktiya, Paktika, Logar, Qandahor, Hirot, Faryob, Jauzjan, Balx, Samangan, Helmand, Toxar, Qunduz, Baglan va Kapisa provintsiyalarida kechmoqda.
1 avgustga oʻtar kechasi toliblar Qandahor aeroportiga raketalar yordamida oʻqqa tutdi (aytishlaricha, goʻyoki oʻsha tomondan bombardimon qilingan), shundan soʻng barcha avia-reyslar bekor qilindi. Hirotda jangarilar BMT ofisiga hujum qilishdi - majmuaning kirish qismlari granatomyotlar va pulemetlardan oʻqqa tutildi, qurbonlar bor.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.07.2021
Analitika
Toliblar chegarada: SHHT mudofaa vazirlari Dushanbeda qanday dori yozib beradi?
Mamlakatni tark etgan Qoʻshma Shtatlar 2 avgust kuni janubdagi Helmand provintsiyasidan toliblar boʻylab aviazarbalarni amalga oshirdilar, bu afgʻonlararo tinchlik muzokaralarining halokatli holatini tasdiqlaydi.
Afgʻoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani kecha parlamentning favqulodda yigʻilishini chaqirdi va unda hukumat milliy xavfsizlikni mustahkamlash uchun yangi olti oylik rejani boshlaganini eʼlon qildi: armiya strategik obʼyektlarni himoya qiladi, politsiya shaharlar xavfsizligini taʼminlash bilan shugʻullanadi. Shubhasiz-ki, kuch tuzilmalari bilan qamrab olmagan maydon tolibon qoʻlida qoladi, bunday istiqbol esa yangi janglar va qurbonlarni vaʼda qilmoqda.
Avvalroq "Tolibon"* matbuot-kotibining Twitter-akkauntida (Donald Trampdan farqli oʻlaroq, uni bloklashmaydi) jangovar-diniy harakat jangarilarining suratlari chop etilgan edi. Ularning qurollanganligi Amerika maxsus kuchlaridan qolishmaydi.
Bu orada, AQSH mamlakatni tark etganidan soʻng, afgʻon qurolli kuchlarining kelajagi katta savol ostida qolmoqda, bu eng avvalo, ishonchli yonilgʻi yetkazib beruvchilar yoʻqligi bilan bogʻliq. Afgʻonistonni qayta qurish boʻyicha maxsus inspektorining soʻnggi hisobotiga koʻra, Pentagon oxirgi 10 yil ichida Afgʻoniston kuch tuzilmalari uchun 3,74 mlrd dollarlik yoqilgʻi sarflagan, 2025 yilgacha esa yana 1,45 milliard dollar sarflanishi koʻzda tutilgan.
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Dunyoda
Erdogʻan Turkiya Qobul aeroportini boshqarishga tayyorligini eʼlon qildi
Bu yerda muhim muammo – logistikadir. Afgʻoniston va Turkiya harbiy idoralarining rahbarlari Bismilla Xon Muhammadi va Xulusi Akar 31 iyul kuni telefon orqali Qobul aeroporti xavfsizligini taʼminlash masalasini muhokama qilishdi, yaʼni Qobuldagi turk harbiy ishtiroki loyihasi oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Balki benzin va dizel yoqilgʻisini aviatankerlar yordamida yetkazib berish rejalari bordir (aksariyat provintsiyalarda yer usti transport kommunikatsiyalari toliblar tomonidan bloklangan).
NATO harbiy instruktorlari Turkiyada Afgʻoniston spetsnazlarini oʻqitishni boshlashdi. Bunga parallel ravishda, 200 nafar afgʻon tarjimon-kollaboratsionistlarining birinchi guruhi AQShga, Virjiniya shtatidagi Fort Li bazasiga evakuatsiya qilindi. Eslatib oʻtaman, 20 mingga yaqin afgʻon tarjimonlari immigratsiya vizasini olish uchun ariza topshirganlar. Toliblarning "islomiy amirligi"dagi oʻrta asr jaholatida yashashga rozi boʻlmagan Afgʻonistonning qolgan fuqarolari-chi, ular nima qilishi kerak?
* – RFda taʼqiqlangan terroristik uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala