Madaniyat

Buxoroda 16 asrda qurilgan Abdullaxon madrasasining devori qulab tushdi

© Foto ochevidtsaObrusheniye Kosh Medrese v Buxare
Obrusheniye Kosh Medrese v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
“Madaniy meros” agentligi madrasa devorini qayta tiklashni 6 milliard soʻmga baholadi.
TOSHKENT, 3 avg – Sputnik. Buxoro shahrida 16 asrda qurilgan Abdullaxon madrasasining devori qulab tushdi. Bu haqida rasmiy manbaalarga asosan Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.
Ushbu vaziyat yuzasidan Buxoro viloyati hokimligi quyidagilarni maʼlum qilmoqda.
“Haqiqatdan ham, koʻp yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yogʻingarchiliklar va yer osti suvlarining koʻtarilishi) taʼsirida joriy yilning 30 iyul kuni “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir boʻlagi oʻpirilib tushgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.
Shu bilan birga “Madaniy meros” agentligining viloyat boshqarmasi, shahar hokimligi, restavratorlar va boshqa mutaxassislar ishtirokida ishchi guruh tuzilib, restavratsiya ishlarini tashkil qilish boshlangan.
“Madaniy meros” agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi, maʼlumotlarga koʻra, Abdullaxon madrasa devorini qayta tiklash xarajatlari 6 milliard soʻmni tashkil qilishi mumkin.
© Foto ochevidtsaObrusheniye Kosh Medrese v Buxare
Obrusheniye Kosh Medrese v Buxare - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Obrusheniye Kosh Medrese v Buxare
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala