Sport

Ushbu futbolkaga munosib ekanimni tasdiqlash uchun hamma ishni qilaman - Shomurodov "Roma"da

© Klub "Roma" Shomurodov v "Rome"
Shomurodov v Rome - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Eldor Shomurodov "Roma" tarkibida oʻzining odatiy "14" raqami ostida maydonga tushadi.
TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. Eldor Shomurodov rasman "Roma" safiga qoʻshildi va ilk bor ushbu jamoa futbolkasida suratga tushdi. Bu haqida futbol klubining rasmiy sahifasi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, “Roma” Shomurodovning sport huquqlarini “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga toʻliq sotib olgan. Shartnomaga, shuningdek, Shomurodov kelajakda boshqa jamoaga qimmatroq “sotilgan” taqdirda “Jenoa” bundan foiz olishi ham qayd etilgan. Eldor Shomurodov bilan shartnoma 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

“Mening karyeramda “Roma” - bu oldinga qoʻyilgan ulkan qadam. Men ushbu futbolkaga munosib ekanimni, hamda dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida oʻz oʻrnimni tasdiqlash uchun qoʻlimdan kelgan hamma ishni qilaman. Muzokaralarning tez yakunlanishi, bu – mening oʻzimni tezroq jamoadoshlarim hamda trener ixtiyoriga topshirish istagimni bildiradi”, - dedi Shomurodov yangi jamoa tarkibidagi birinchi intervyusida.

"Roma" tarkibida Shomurodov oʻzining odatiy "14" raqami ostida maydonga tushadi. Eldor ushbu raqamda "Rostov" hamda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida toʻp surgan edi.
Eslatib oʻtamiz, yil boshidan buyon Italiyaning bir necha yetakchi jamoalari Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgan edi. Ular orasida “Yuventus” va “Inter” ham bor edi.
Maʼlumot uchun, 1927 yilda tashkil qilingan "Roma" Italiyaning yetakchi professional klublaridan biri hisoblanadi. Soʻnggi 20 yilda "Roma" A-seriyada 1 marotaba oltin, 8 marotaba kumush va 2 marotaba bronza medal sohibi boʻlgan. Turli reytinglar boʻyicha "Roma" italiyaning eng kuchli (top) futbol jamoalari orasida 5-oʻrinda turadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala