Ushbu futbolkaga munosib ekanimni tasdiqlash uchun hamma ishni qilaman - Shomurodov "Roma"da

© Klub "Roma" Shomurodov v "Rome"
Shomurodov v Rome - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov "Roma" tarkibida o‘zining odatiy "14" raqami ostida maydonga tushadi.
TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Eldor Shomurodov rasman "Roma" safiga qo‘shildi va ilk bor ushbu jamoa futbolkasida suratga tushdi. Bu haqida futbol klubining rasmiy sahifasi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Roma” Shomurodovning sport huquqlarini “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga to‘liq sotib olgan. Shartnomaga, shuningdek, Shomurodov kelajakda boshqa jamoaga qimmatroq “sotilgan” taqdirda “Jenoa” bundan foiz olishi ham qayd etilgan. Eldor Shomurodov bilan shartnoma 2026-yilning 30-iyuniga qadar imzolangan.

“Mening karyeramda “Roma” - bu oldinga qo‘yilgan ulkan qadam. Men ushbu futbolkaga munosib ekanimni, hamda dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida o‘z o‘rnimni tasdiqlash uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman. Muzokaralarning tez yakunlanishi, bu – mening o‘zimni tezroq jamoadoshlarim hamda trener ixtiyoriga topshirish istagimni bildiradi”, - dedi Shomurodov yangi jamoa tarkibidagi birinchi intervyusida.

"Roma" tarkibida Shomurodov o‘zining odatiy "14" raqami ostida maydonga tushadi. Eldor ushbu raqamda "Rostov" hamda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida to‘p surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon Italiyaning bir necha yetakchi jamoalari Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgan edi. Ular orasida “Yuventus” va “Inter” ham bor edi.
Ma’lumot uchun, 1927-yilda tashkil qilingan "Roma" Italiyaning yetakchi professional klublaridan biri hisoblanadi. So‘nggi 20-yilda "Roma" A-seriyada 1 marotaba oltin, 8 marotaba kumush va 2 marotaba bronza medal sohibi bo‘lgan. Turli reytinglar bo‘yicha "Roma" italiyaning eng kuchli (top) futbol jamoalari orasida 5-o‘rinda turadi.
Yangiliklar lentasi
0