OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan xiyobon va stadionlar manzillari e’lon qilindi

© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2021
Obuna bo‘lish
DTM test o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumot berdi
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Davlat test markazining rasmiy veb-saytida 2021/2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Toshkent shahri

1. “Paxtakor” futbol klubi (uchta sektor);
2. “G‘alaba” bog‘i hududidagi yopiq sahna maydoni (bitta sektor);
3. Toshkent Botanika bog‘i (to‘rtta sektor);
4. “Bunyodkor” futbol klubi stadioni (uchta sektor).
Hududlarda test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning to‘liq ro‘yxatini DTM saytidan topish mumkin.
O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi.Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0