Jamiyat

Oʻzbekistonda majburiy emlash haqidagi qonun kuchga kirdi

© Sputnik / Oliver Ondras / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya preparatom Sputnik V
Vaktsinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Qonun prezident tomonidan imzolandi. Endi ish beruvchi emlanmagan xodimni ishga qoʻymaslikka haqli
TOSHKENT, 3 avg - Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar berdi "Xalq soʻzi" nashri.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi boʻlganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan oʻtishni rad etsa (qarshi koʻrsatma mavjud boʻlmaganda) ish beruvchi uni ishga qoʻymaslikka haqli ekanligiga oid koʻshimcha kiritildi.
Vaktsinatsiya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.07.2021
Jamiyat
"Emlash majburiy boʻlishi kerak" - Oʻzbekiston bosh epidemiologi
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi boʻlganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishi belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan, yaʼni bugundan kuchga kiradi.
Eslatib oʻtamiz, kuni kecha, 2 avgust kuni Oʻzbekistonda 899 nafar kishida koronavirus aniqlangan, 7 nafar bemor vafot etgan. Kovidga chalinganlar jami soni 131978 nafarga yetgan.
Shuningdek, 516 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 11883 nafarga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala