Kolumnistlar

Rossiya Qazzofiyni Liviyaga qaytarmoqchimi?

© AP Photo / Ammar El-DarwishSeyf al-Islam Kaddafi
Seyf al-Islam Kaddafi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Afgʻonistonda Tolibon* hukumat boshiga qaytmoqda, Liviyada esa – Qazzofiylar. Bu nima, tarix orqaga qaytmoqdami?
Aslida unday emas, Gʻarb tomonidan tilka pora qilingan davlatlar oʻz birligini tiklamoqchi xolos. Bu albatta oson emas va mahalliy aholiga qimmatga tushmoqda. Afgʻonistonda AQSH qoʻshinlari chiqib ketganidan soʻng fuqaro urushi boshlandi. Liviyada esa mamlakat ichidagi muxolifat kuchlari va tashqi manfaatlar toʻqnashuvi ostida ushbu urush bir necha yildan beri davom etmoqda.
Ana shunday vaziyatda kichik Qazzofiy – Sayf ul-Islom siyosiy sahnaga chiqmoqda. Yaqinda New York Times nashrida uning intervyusi eʼlon qilindi. “Qazzofiyning oʻgʻli tirik va Liviyani qayta oʻz qoʻliga olmoqchi” sarlavhali maqolada aytilishiga koʻra, Sayf ul-Islom Liviyada fuqaro urushini toʻxtatib, mamlakatni qayta birlashtirmoqchi ekanini aytib oʻtgan.
 Muammar Kaddafi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Kolumnistlar
“Kaddafi buni oldindan bilgan”: NATOning Liviyaga hujumi
Sayf ul-Islom – Liviyaning sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, u 2011 yilga qadar shohona hayot kechirgan edi. U Shveytsariya va Anglida oʻqigan. AQSH Qazzofiyga zarba berganidan soʻng esa Zinton shahrida muxolifat kuchlari tomonidan qoʻlga olingan edi. Poytaxt Tripolida uni oʻlimga hukm qilishgan boʻlsa-da, zintanliklar Sayf ul-Islomning hayotini saqlab qolishgan. Garchi uni qamoqxonaga joylashtirishgan boʻlsa ham.
Oʻtgan davr mobaynida oʻzgarishlar koʻp boʻldi. Sayf ul-Islomning ham sochi oqardi, sobiq muxolifatchilar uning doʻstlariga aylanishdi, koʻp yillik xaos va urush, yoʻqotishlardan soʻng Liviya xalqi ham mamlakatni qayta tiklashni orzu qila boshladi. Ushbu vaziyatda kichik Qazzofiy darhaqiqat mamlakatni birlashtiruvchi yagona timsol boʻlishi mumkin.
“Siz oʻtgan davrni fuqaro urushi yoki “qora kunlar” deb aytishingiz mumkin, lekin revolyutsiya emas. Ular mamlakatni zoʻrlashdi. Pul yoʻq, xavfsizlik yoʻq, hayot yoʻq. Zapravkaga borsangiz dizel ham yoʻq. Biz Italiyaga neft va gaz eksport qilamiz – u mamlakatning yarmini yoritamiz. Oʻzimizda esa - svet yoʻq. Bu yutqazish emas, bu fiasko. Oʻtmishga qaytish vaqti keldi” – degan Sayf ul-Islom oʻz intervyusida.
Kichiq Qazzofiy, albatta, oʻtmish deganda otasi davridagi diktatura emas, oʻtmishdagi xalq birligiga qaytishni nazarda tutgan edi. 2011 yilda Liviyada qoʻzgʻolon koʻtarganlan aynan Qazzofiy rejimiga qarshi boʻlgan edi. Lekin Qazzofiysiz Liviyaning oʻzi ham yagona divalat sifatida mavjud boʻlmay qoldi.
Bunga bir tomondan Liviya hududida yashayotgan qabilalarning tarqoqligi va har kimga boʻy sunishni istamasligi sabab boʻldi. Ayni damda mamlakat sharqiy va gʻarbiy boʻlaklarga boʻlinib qolgan. Sharqda yetakchilik qilayotgan marshal Xalif Xaftar bir necha bor Gʻarbni qoʻl ostiga olishga urindi, lekin muvaffaqiyatsiz. Bunday vaziyatda ikkala tarafni va koʻplab qabilalarni birlashtirish uchun yagona shaxs kerak. Yetmish yoshli Xaftar buni uddalay olmaydi va Sayf ul-Islom ana shunday yagona figura boʻlishi mumkin.
Chunki Liviya yagona davlat sifatida 70 yil mavjud boʻlgan boʻlsa ushbu davrning 40 yili davomida uni Qazzofiy boshqargan. Hozirgi xaos davri bilan solishtirganda Qazzofiy davrining yutuqlari yaxshiroq koʻzga tashlanmoqda. Fuqaro urushidan charchagan xalq albatta oldingi tinchlik zamonlarnini qoʻmsashi tabiiy.
Tank T-54 pravitelstvennыx sil Livii okolo goroda Sirta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2020
Dunyoda
Liviya davlatchiligini NATO yoʻq qildi - Lavrov
Ushbu faktorlarni hisobga olganda kichik Qazzofiy nomzodi – xalq orasida favorit boʻlishi tabiiy. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda bugungi kunda uni Liviya aholisining 57 % qoʻllab-quvvatlamoqda. Qazzofiyning oʻzi esa, yil oxirida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan saylovlarda ishtirok etishi yoki etmasligi haqida hech narsa demagan.
Liviyada prezident va parlamant saylovlari 24 dekabrga belgilangan, lekin mamlakatda 10 yildan buyon davlat boshqaruvi yoʻq, saylovlar ham bir necha bor koʻchirilgan edi. Bu safar ham ularning boʻlib oʻtishi shubha ostida. Prezidentlikka daʼvo qilayotganlarning aksariyati - qurolli toʻdalar.
Shu sababli ham kichik Qazzofiy muddatidan oldin oʻzining prezident boʻlish istagini eʼlon qilayotgani yoʻq.
“Ular Liviyada kuchli davlat boʻlishini istamaydi. <...> Shu sababli ham ular saylovlardan qoʻrqishadi. Ular mamlakatni qonuniy prezident, hukumat boshqarishiga qarshi", - deydi Qazzofiy oʻz intervyusida.
Qazzofiy rasman oʻz nomzodini eʼlon qilsa, Gʻarb uni darhol “ruslar bilan aloqada” ayblashiga shubha qilmasa ham boʻladi. Chunki The New York Times hozirdanoq “Saif al-Islam gʻalabasini Kreml qoʻllab-quvvatlagan boʻlardi” deb yozmoqda. Gazeta yozishishga koʻra, “Rossiya hozir ham mojaro tomonlarini qoʻllab quvvatlamoqda va Liviyaga yollanma askarlarni joʻnatmoqda”.
Demak, Gʻarb mamlakatni tilka pora qildi, Rossiya esa uni qayta tiklamoqchi. Ha balkim. Bizga bunday gʻoya maʼqul - bu faqat bizning obroʻyimizni oshiradi. Nafaqat Liviyada, butun arab dunyosida. Lekin Moskva kichik Qazzofiyga aslida yordam bermoqdmi?
Albatta, yoʻq – bu Qazzofiyning oʻz tashabbusi. U Rossiya bilan aloqa oʻrnatgani ham rost. 2018 yil oxirida uning nomidan Rossiya TIViga uning vakillari Vladimir Putin nomiga xat berishgan edi. Unda Saif ul-Islom prezident boʻlish niyati borligini va siyosiy koʻmak berishni soʻragan edi.
Vstrecha glavы MID RF S. Lavrova s komanduyuщim Liviyskoy natsionalnoy armiyey X. Xaftarom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2020
Siyosat
Liviya qoʻmondoni Moskvada tinchlik shartnomasini imzolamadi
Biroz keyin, Rossiya Suriyada qoʻlga olingan va Livan qamoqxonasida boʻlgan Qazzofiyning kichik ukasi Gannibalni qutqarishga harakat qilgani ham rost.
Umuman Qazzofiylar oilasi Rossiyaga begona emas. Liviya – SSSRning yaqin hamkori boʻlgan, Rossiya bilan ham uning aloqalari yaxshi boʻlgan. Ikki davlat birgalikda amalga oshirayotgan loyihalarning aksariyati Liviya hokimiyati qulaganidan soʻng muzlatib qoʻyilgan edi.
Ayni damda Moskva Liviya mojarosining barcha tomonlari bilan aloqa qilmoqda. Jumladan Tripolidagi hukumat va marshal Xaftar bilan va Qazzofiylar oilasi bilan ham. Agar Sayf ul-Islom prezidentlikka nomzodini qoʻysa – bu Rossiya uchun maqbul nomzod boʻlardi, chunki Rossiya, boshqa tashqi kuchlardan farqli oʻlaroq, Liviyada yagona hukumat qayta tinlanishini istaydi.
AQSH uchun esa – Qazzofiyning qaytishi “obroʻyiga berilgan zarba” boʻlardi, deb yozadi nashr. Ikkinchi oʻrinda – Frantsiya. Ular ham Qazzofiylar qaytishidan manfaatdor emas. Chunki 2011 yildagi davlat toʻntaruvidan soʻng Sayf ul-islom Frantsiyadan koʻp millionli qarzni qaytarishni talab qilgan edi.
Bulardan umumiy xulosa shuki, Qazzofiylar hukumat boshiga qaytishi Rossiya uchun ijobiy natija boʻlardi. Bu Rossiya Liviyada qandaydir “puxta ish qilgani” uchun emas, balkim Gʻarb davlatlarining navbatdagi xatosini koʻrsatish uchun va dunyoda boshqa “Liviyalar” boʻlmasligi uchun, va asosiysi, Liviyaning tinch va suveren kelajagi uchun.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader