Hodisalar

Samarqandda chaqalogʻini sotmoqchi boʻlgan 6 karra Oʻzbekiston chempioni qamaldi

© Sputnik / Pavel LisitsыnNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Samarqandda mashgʻulotlarga birga qatnaydigan yigitdan homilador boʻlib qolgan Oʻzbekiston chempioni farzandini sotayotgan vaqtda qoʻlga tushdi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Samarqand viloyatida nomi ochiqlanmagan 6 karra Oʻzbekiston chempioni 4 kunlik chaqalogʻini 2,5 ming AQSH dollariga sotayotganida ushlangan. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar berildi.
Aniqlanishicha, 25 yoshli sportchi qiz oʻzi bilan birga sport mashgʻulotiga qatnaydigan yigitdan homilador boʻlib qolgan.
Sud unga nisbatan hukm chiqardi. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (oʻn sakkiz yoshga toʻlmagani aybdorga ayon boʻlgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybdor deb topildi va 4,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala