Shomurodov “Roma”ga o‘tganidan keyin nimalar dedi – video

Obuna bo‘lish
Italiyaning “Roma” klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Klub Eldor Shomurodov transferi uchun “Jenoa”ga 17,5 mln yevro to‘ladi.
Eldor Shomurodov "Roma" bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi yangi klubi safida 14-raqamda to‘p suradi.
Futbolchi yangi klub uchun bergan birinchi interyusida orzusiga qanday erishgani va yangi jamoa bilan nimalarga erishmoqchi ekanini so‘zlab berdi.
“Shunday top klubga o‘tganimdan juda xursandman. “Roma” boshqalarga qaraganda ko‘proq men bilan shartnoma imzolashni xohladi, ular hammasini tez bajarishdi, shu bois men bu yerdaman. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilaman, umid qilamanki, kuboklar yutishda yordam beraman. Ampluamga to‘xtaladigan bo‘lsak, men oldinda yoki qanotda o‘ynashga o‘rganganman”, - deydi Shomurodov.
Eldor Shomurodov posle zabitogo macha v vorota Latsio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Eldor Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi mumkin: “Yuventus”, “Roma” yoki “Milan”
Sportchi “Jenoa”da o‘tkazilgan mavsum unga mahalliy sharoitlarga moslashishga imkon bergan, shundan so‘ng u bor mahoratini ko‘rsata boshlagan.
“Avvaliga moslashdim, jumladan, jamoaning sur’ati va uslubiga. Lekin keyin yaxshiroq o‘yin ko‘rsata olishga muvaffaq bo‘ldim. Umid qilamanki, bu yerda ham o‘zimni ko‘rsata olishga erishaman. Men vatanimda menga qanday muxlislik qilishlarini bilaman, axir men shunday obro‘li klub sharafini himoya qilyapman-ku. Umidlarni oqlashga harakat qilaman”, - dedi u.
Eldor Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida "Rostov"dan 7,5 million yevro evaziga "Jenoa"ga o‘tgan edi. Bungacha u "Mash’al" va "Bunyodkor" klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Eldor Shomurodov - Italiyada birinchi mavsum yakunlari
Yangiliklar lentasi
0