Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Tokio Olimpiadasi: intiqib kutilgan “oltin” va boksdagi alamli magʻlubiyatlar

© AFP / ALEXANDER NEMENOVAkbar Djurayev
Akbar Djurayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarining 11-kuni oʻzbekistonliklar uchun ham quvonch, ham magʻlubiyatlarga boy boʻldi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining 11-kunida oʻzbekistonlik 6 nafar sportchi oʻz omadini sinab koʻrdi. Musobaqalar davomida Oʻzbekiston bitta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Afsuski, gʻalaba qozonishlariga katta umid qilingan bokschilar alamli magʻlubiyatga uchrashdi. Sputnik Oʻzbekiston vakillarining bugungi Olimpiya oʻyinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.

Yengil atletikadagi omadsizlik

Yengil atletika musobaqalarining erkaklar oʻrtasidagi uch hatlab sakrash bahslarida terma jamoa aʼzosi Ruslan Qurbonov ishtirok etdi. U har uch urinishidan ham unumli foydalana olmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Ruslan Kurbanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Ruslan Kurbanov

Boks: jarohat, alamli magʻlubiyat, soʻnggi umid

Boks boʻyicha Rio-2016 gʻolibi, jahon chempioni Shahobiddin Zoirov chorak finalda filippinlik Karlo Palamga imkoniyatni boy berdi. Jangning 2-raundi oʻtib borayotgan bir vaqtda bahs toʻxtatildi, chunki bu paytga kelib Zoirov jarohat olgandi va shu sababli shifokorlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi.
Shaxobiddin Zoirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Shaxobiddin Zoirov
Bunday vaziyatlarda qoidaga koʻra oʻsha paytgacha olingan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Afsuski, bu borada ustunlik filippinlik bokschi tomonida edi va shu tariqa oʻzbekistonoik chempion musobaqa bilan xayrlashdi.
Yana bir oʻzbekistonlik bokschi Elnur Abduraimov ham musobaqa bilan xayrlashdi. U chorak finalda armanistonlik Ovannes Bachkovga imkoniyatni boy berdi.
Elnur Abduraimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Elnur Abduraimov
Nachora, endi yarim finalga yoʻl olgan Bahodir Jalolovdan oltin medal kutib qolamiz. Jalolov ertaga jang qiladi.
Ayollar oʻrtasida-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Rayhona Qodirova yarim final ostonasida braziliyalik Beatriz Ferreyraga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa Olimpiya oʻyinlari dasturidagi ayollar boksida ilk bora uch nafar vakilasi bilan ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi debyutda sovrindor boʻlish imkoniyatni qoʻldan chiqardi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaRayxona Kodыrova
Rayxona Kodыrova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Rayxona Kodыrova

Yunon-rum kurashi: chorak finaldagi gʻalaba va yarim finaldagi magʻlubiyat

Yunon-rum kurashchi Rustam Assakalov Olimpiya oʻyinlarini gʻalaba bilan boshladi. 1/8 finalda gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi kurash olib bordi. Unda Oʻzbekiston vakili 6:5 hisobida gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi. Qayd etish kerak, Gobadze 2019 yilda -82 kg vazn toifasida Jahon chempionati gʻolibiga aylangandi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaRustam Assakalov zavershil svoye uchastiye na OI v Tokio
Rustam Assakalov zavershil svoye uchastiye na OI v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Rustam Assakalov zavershil svoye uchastiye na OI v Tokio
Yarim final yoʻllanmasi uchun kechgan bahsda Assakalovga xorvatiyalik Ivan Xuklek raqib boʻldi. Xuklek 4-1 hisobida gʻalabaga erishib, yarim finalga yoʻl oldi. U ham finalgacha yetib bora olmadi, shu tariqa Assakalovda bronza uchun imkoniyati boʻlmadi.

Intiqib kutilgan oltin medal va prezident tabrigi

-109 kg vazn toifasidagi ogʻir atletikachilar bahsida Akbar Joʻrayev supachaga koʻtarildi.
Dast koʻtarish mashqida 193 kg koʻtargan Joʻrayev, siltab koʻtarish dasturida 237 kg koʻtardi. Ikkala mashq natijasida uning koʻrsatkichi 430 kg boʻldi. U siltab koʻtarish va umumiy koʻrsatkich boʻyicha Olimpiada rekordini oʻrnatdi va oltin medalga ega chiqdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng Oʻzbekiston hisobidagi medallar 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda. Bu bilan mamlakat umumjamoa hisobida 28-pogʻonaga koʻtarilib oldi.
Videoselektor yigʻilishi chogʻida prezident Shavkat Mirziyoyevga Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi oltin medali toʻgʻrisida xabar berildi. Davlat rahbari barcha hamyurtlarni va jamoaga ikkinchi oltin medalini keltirgan ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayevni, shuningdek, avvalroq olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulugʻbek Rashitov va bronza medali sohibi Davlat Bobonovni tabrikladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader