Jamiyat

Toshkentda issiqliq taʼminotini boshqarish Frantsiya kompaniyasiga topshirilishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Prezident taklif etilayotgan loyihani dastlab Toshkentning bir mavzesida sinovdan oʻtkazishni va har tomonlama chuqur oʻylab, qaror qabul qilish kerakligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 3 avg – Sputnik. Frantsiya kompaniyasi Toshkentda issiqlik taʼminoti tizimini boshqarishi mumkin. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida xabar qilindi.
Xabarda aytilishiga koʻra, bugungi kunda Toshkent shahrida ishlayotgan issiqlik taʼminoti tizimida muammolar bir talay. Qozonxona uskunalarining eskirishi 90%gacha, issiqlik energiyasi yoʻqotilishi 44 %ni tashqil qilmoqda. Xizmat sifati pastligi aholining noroziligiga hamda qarzlar miqdori oshishiga sabab boʻlmoqda.
Ushbu munosabat bilan, 2019 yilda prezidentning maxsus qarori qabul qilingan va unga muvofiq loyha kontseptsiyasi tayyorlangan edi. Oʻtkazilgan tender natijasida Frantsiya kompaniyasi gʻolib deb topildi.
Osiyo taraqqiyot bankining xulosasiga koʻra, Frantsiyaning “Veolia” kompaniyasining loyihasi eng samarador deb topildi. Bu kompaniya Polsha, Chexiya, Ruminiya, Litva, Germaniyadagi shaharlarda issiqlik tizimini boshqarish tajribasiga ega. Shu kunlarda Toshkent shahar hokimligi bilan kompaniya oʻrtasida xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
Loyihaga koʻra, “Veolia” kompaniyasi tomonidan 315 million yevro, loyiha davrida olinadigan daromad hisobidan 1 milliard 80 million yevro yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom teplosnabjeniya Tashkenta
Ushbu mablagʻlar evaziga 181 ta qozonxona modernizatsiya, 841 kilometr tarmoq rekonstruktsiya qilinib, 576 kilometr tarmoq yangidan qurilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev taklif etilayotgan loyihani Toshkent shahridagi mavzelardan birida namuna sifatida joriy etib, samaradorligini tajribadan oʻtkazish, har tomonlama chuqur oʻylab, qaror qabul qilish zarurligini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala