Madaniyat

YUNESKO qoʻmitasi Oʻzbekistonga Shahrisabzni tiklashga yana bir yil berdi

Shaxrisabz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.08.2021
Pandemiyasi sharoitida “Shahrisabz tarixiy markazi” obʼyektini tiklash boʻyicha vazifalar ijrosi muddati yana bir yilga uzaytirildi.
TOSHKENT, 3 avg — Sputnik. YUNESKO Jahon merosi qoʻmitasi koronavirus pandemiyasi sharoitida “Shahrisabz tarixiy markazi” obʼyektini tiklash boʻyicha vazifalar ijrosi muddatini yana bir yilga uzaytirdi, deb xabar bermoqda Turizm va sport vazirligi.
Tegishli qaror qoʻmitaning Xitoyning Fuchjou shahrida boʻlib oʻtgankengaytirilgan 44-sessiyasida qabul qilindi.
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Madaniyat
Madaniy meros agentligi tashkil etildi
Shuningdek, sessiyada butunjahon madaniy merosi obʼyektlari hisoblangan “Shahrisabzning tarixiy markazi”, “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi”, “Buxoroning tarixiy markazi” va Xivadagi “Ichan-qalʼa” hamda Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston ishtirokidagi koʻpmillatli tabiiy meros obʼyekti boʻlmish “Gʻarbiy Tyan-Shan” boʻyicha Oʻzbekiston uchun ijobiy qarorlar qabul qilinishi taʼminlandi.
Eslatib oʻtamiz, Shahrisabz YUNESKO tomonidan Umumjahon merosining xavf ostidagi obʼyektlar roʻyxatida qoldirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala