Sport

Mavsum oʻrtasidagi eng qimmat xarid: “Roma”da Shomurodov kim bilan oʻynaydi

© Klub "Roma" Shomurodov v "Rome"
Shomurodov v Rome - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
“Roma” 19 va 26 avgust kunlari yangi mavsumdagi oʻyinlarini oʻtkazishi kerak. Umid qilamizki, bunga qadar Italiya klubi barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, Shomurodovning maydonga tushishiga imkon beradi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Dmitriy Matveyev. Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov Italiyaning yetakchi klublaridan biri “Roma” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Italiya poytaxtidan boʻlgan jamoa oʻzbekistonlik uchun 17,5 million yevro toʻladi. Bunga qadar sportchi Seriya A dagi oʻrtacha klub sanalgan “Jenoa” tarkibida mavsumni yaxshi oʻtkazdi. Sputnik Shomurodov klubda kimlar bilan toʻp surishi va uning muvaffaqiyatini Apennindagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchi qanday baholashini oʻrgandi.

“Roma”ning mavsum oʻrtasidagi eng qimmat xaridi

Shomurodov Rim klubining joriy mavsum oʻrtasidagi eng qimmat xaridi boʻldi. Roʻyxatda undan keyin Angliyaning “Vulverxempton” klubidan 11,5 million yevroga xarid qilingan 33 yoshli portugaliyalik darvozabon Ruy Patrisiu joy oldi.
Uchinchi pogʻonani braziliyalik himoyachi Rojer Ibanes egallab turibdi. U Rim klubiga 2020 yil boshida ijara huquqi asosida oʻtgandi, bu mavsum oʻrtasida esa “Roma” uni “Atalanta”dan 9 million yevro evaziga sotib oldi.
Klubning eng qimmat xaridlar roʻyxatidagi 4-oʻrinni amerikalik himoyachi Brayan Reynolds egalllab turibdi. U uchun MLS "Dallas”ga 6,75 million toʻlashgan.
Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Sport
Rossiyalik bloger Eldor Shomurodov bilan Jarqoʻrgʻonda katta intervyu uyushtirdi
Biroq, transferlar oynasi hozircha yopilmagan va shuning uchun Rim klubi rahbariyati Shomurodovdan qimmatroq boshqa biror futbolchini sotib olishi ham mumkin. Ammo bunday boʻlishi ehtimoli kam. Gap shundaki, hozirda “Roma”ning transfer balansi manfiy. Minus 43,5 million yevroni tashkil etadi, hatto oʻzbekistonlik futbolchini italiyaliklar boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilishdi. Hozircha toʻlovning atigi 10 foizini amal oshirishgan. Aftidan, ular Eldor uchun pullarni “Jenoa”ga bir necha yil davomida toʻlab borishadi.

Mashhur faxriylar va yosh sloveniyalik

Shomurodovga markaziy hujumchi pozitsiyada boʻlishda 35 yoshli bosniyalik Edin Jeko va 22 yoshli sloven Jan Tselar raqiblik qiladi. Oʻzbekistonlik aynan ular bilan asosiy tarkibdagi joy uchun raqobat qiladi.
Shomurodovning yana bir yulduzli jamoadoshi 32 yoshli Armaniston terma jamoasi sardori Genrix Mxitaryan boʻladi. U oʻzbekistonlik futbolchiga golli uzatmalar berib turishiga umid qilib qolamiz.

“Roma” Konferentsiyalar ligasida oʻynaydi

Seriya A ning oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra “Roma” yettinchi oʻrinni egalladi va endilikda yangi Yevropa turniri – Konferentsiyalar ligasida oʻynaydi. Bu yangi musobaqani UYEFA klublari zaif va Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi finaliga yetib borolmaydigan kontitent mamlakatlarida futbolni rivojlantirish uchun tuzgan.
Mavsum yakunida turnir jadvalida beshinchi-oltinchi oʻrinlarni egallagan klublar Konferentsiyalar ligasida ishtirok etishi mumkin.
Eldor Shomurodov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.05.2021
Sport
Eldor Shomurodovning goli “Jenoa”ga mavsumni gʻalaba bilan yakunlash imkonini berdi
“Roma” yangi musobaqaning pley-off raundida kurashga kirishadi. Jamoa oʻyinlarini 19 va 26 avgust kunlari oʻtkazishi kerak, raqib hozircha aniqlanmagan. Umid qilamizki, bunga qadar Italiya klubi barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, Shomurodovning maydonga tushishiga imkon beradi. Bunda Shomurodov “Roma” sharafini Yevropa turnirida himoya qilish bilan debyut qiladi.
Pley-offda gʻalaba erishilsa, “Roma” Konferentsiyalar ligasining guruh bosqichiga yoʻl oladi. Bu bosqichda 32 ta Yevropa klublari oʻzaro bellashadi.

Kattalardan nasihat

Sputnik Shomurodovning muvaffaqiyati yuzasidan fikr bildirishi soʻrab, Italiyadagi birinchi oʻzbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullayevga murojaat qildi.
“Men bir paytlar intervyuda jurnalistlardan biriga (menimcha, hatto sizga) aytgandimki, agar Eldor shu maromda davom etsa, unga ertami-kech “Latsio”, “Yuventus”, yoki “Roma” kabi top klublar eʼtibor qaratadi. U ajoyib shovvoz. Uning kamtarligi muvaffaqiyat garovi boʻldi”, - deydi Zaytullayev.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Seriya A mavsumi va Eldor oʻyinini italiyalik sharhlovchilar bilan muhokama qilgan. Oʻshanda Shomurodov oʻzini juda yaxshi namoyon qilgani va juda kuchli oʻyinchi ekani ayon boʻlgani oydinlashgan. Shu bois Zeytullav uchun futbolchining “Roma”ga oʻtishi kutilmagan holat boʻlmagan.
“Uning moslashishi qanchalik qiyin boʻladi? Futbolchilarning yangi klubga moslashishi hamisha qiyin. Lekin Eldor buni bir necha marta uddaladi – avvaliga Oʻzbekistondan “Rostov”ga koʻchib oʻtdi, soʻngra “Rostov”dan “Jenoa”ga oʻtdi. Oʻylaymanki, unda muammolar boʻlmaydi. U juda kamtar va yaxshi insonligi, oilaparvarligi koʻrinib turibdi. Kamtarligi ortidan u shuhratga erishdi”, - deya qoʻshimcha qildi Ilyos.
Futbol. RPL. Match TSSKA - Rostov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.10.2019
Sport
Eldor Shomurodov: baʼzan tortinchoqligim pand beradi

Italyanchani yaxshi bilmaydi, lekin tez orada juda yaxshi oʻrganadi

“Roma”ga oʻtgani haqida eʼlon qilingan keyin Rim klubi matbuot xizmati Shomurodov bergan birinchi intervyuni koʻrsatdi. Futbolchi intervyuni rus tilida bergan. Ilyos Zeytullayev Eldor tez orada chempionatida qatnashayotgan mamlakat tilini oʻrganib oladi deb hisoblaydi.
“Ishonchim komilki, u allaqachon italyan tili oʻrganmoqda. Men Italiyada bir yarim boʻlganimdan keyin italyancha gapira boshlaganman, jamoadoshlarim va murabbiy koʻrsatmalarini undan avvalroq tushuna boshlaganman. Men italyancha kitoblar oʻqishni, filmlar koʻrishni yoqtirardim. Qolaversa, oyim ingliz tili oʻqituvchisi. U menga oʻshanda yangi tilni oʻrganishda yordam bergan”, - deya xulosa qildi Zeytullayev.
Odil Axmedov nagrajden spetsialnoy nagradoy prezidenta AFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2021
Sport
Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov OʻFA prezidentining maxsus sovrini bilan taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala