Mavsum o‘rtasidagi eng qimmat xarid: “Roma”da Shomurodov kim bilan o‘ynaydi

© Klub "Roma" Shomurodov v "Rome"
Shomurodov v Rome - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
“Roma” 19 va 26-avgust kunlari yangi mavsumdagi o‘yinlarini o‘tkazishi kerak. Umid qilamizki, bunga qadar Italiya klubi barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, Shomurodovning maydonga tushishiga imkon beradi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Dmitriy Matveyev. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov Italiyaning yetakchi klublaridan biri “Roma” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Italiya poytaxtidan bo‘lgan jamoa o‘zbekistonlik uchun 17,5 million yevro to‘ladi. Bunga qadar sportchi Seriya A dagi o‘rtacha klub sanalgan “Jenoa” tarkibida mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Sputnik Shomurodov klubda kimlar bilan to‘p surishi va uning muvaffaqiyatini Apennindagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchi qanday baholashini o‘rgandi.

“Roma”ning mavsum o‘rtasidagi eng qimmat xaridi

Shomurodov Rim klubining joriy mavsum o‘rtasidagi eng qimmat xaridi bo‘ldi. Ro‘yxatda undan keyin Angliyaning “Vulverxempton” klubidan 11,5 million yevroga xarid qilingan 33 yoshli portugaliyalik darvozabon Ruy Patrisiu joy oldi.
Uchinchi pog‘onani braziliyalik himoyachi Rojer Ibanes egallab turibdi. U Rim klubiga 2020-yil boshida ijara huquqi asosida o‘tgandi, bu mavsum o‘rtasida esa “Roma” uni “Atalanta”dan 9 million yevro evaziga sotib oldi.
Klubning eng qimmat xaridlar ro‘yxatidagi 4-o‘rinni amerikalik himoyachi Brayan Reynolds egalllab turibdi. U uchun MLS "Dallas”ga 6,75 million to‘lashgan.
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Rossiyalik bloger Eldor Shomurodov bilan Jarqo‘rg‘onda katta intervyu uyushtirdi
Biroq, transferlar oynasi hozircha yopilmagan va shuning uchun Rim klubi rahbariyati Shomurodovdan qimmatroq boshqa biror futbolchini sotib olishi ham mumkin. Ammo bunday bo‘lishi ehtimoli kam. Gap shundaki, hozirda “Roma”ning transfer balansi manfiy. Minus 43,5 million yevroni tashkil etadi, hatto o‘zbekistonlik futbolchini italiyaliklar bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishdi. Hozircha to‘lovning atigi 10 foizini amal oshirishgan. Aftidan, ular Eldor uchun pullarni “Jenoa”ga bir necha yil davomida to‘lab borishadi.

Mashhur faxriylar va yosh sloveniyalik

Shomurodovga markaziy hujumchi pozitsiyada bo‘lishda 35 yoshli bosniyalik Edin Jeko va 22 yoshli sloven Jan Selar raqiblik qiladi. O‘zbekistonlik aynan ular bilan asosiy tarkibdagi joy uchun raqobat qiladi.
Shomurodovning yana bir yulduzli jamoadoshi 32 yoshli Armaniston terma jamoasi sardori Genrix Mxitaran bo‘ladi. U o‘zbekistonlik futbolchiga golli uzatmalar berib turishiga umid qilib qolamiz.

“Roma” Konferensiyalar ligasida o‘ynaydi

Seriya A ning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra “Roma” yettinchi o‘rinni egalladi va endilikda yangi Yevropa turniri – Konferensiyalar ligasida o‘ynaydi. Bu yangi musobaqani UYeFA klublari zaif va Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi finaliga yetib borolmaydigan kontitent mamlakatlarida futbolni rivojlantirish uchun tuzgan.
Mavsum yakunida turnir jadvalida beshinchi-oltinchi o‘rinlarni egallagan klublar Konferensiyalar ligasida ishtirok etishi mumkin.
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Eldor Shomurodovning goli “Jenoa”ga mavsumni g‘alaba bilan yakunlash imkonini berdi
“Roma” yangi musobaqaning pley-off raundida kurashga kirishadi. Jamoa o‘yinlarini 19 va 26-avgust kunlari o‘tkazishi kerak, raqib hozircha aniqlanmagan. Umid qilamizki, bunga qadar Italiya klubi barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, Shomurodovning maydonga tushishiga imkon beradi. Bunda Shomurodov “Roma” sharafini Yevropa turnirida himoya qilish bilan debut qiladi.
Pley-offda g‘alaba erishilsa, “Roma” Konferensiyalar ligasining guruh bosqichiga yo‘l oladi. Bu bosqichda 32 ta Yevropa klublari o‘zaro bellashadi.

Kattalardan nasihat

Sputnik Shomurodovning muvaffaqiyati yuzasidan fikr bildirishi so‘rab, Italiyadagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchi Ilos Zeytullayevga murojaat qildi.
“Men bir paytlar intervyuda jurnalistlardan biriga (menimcha, hatto sizga) aytgandimki, agar Eldor shu maromda davom etsa, unga ertami-kech “Latsio”, “Yuventus”, yoki “Roma” kabi top klublar e’tibor qaratadi. U ajoyib shovvoz. Uning kamtarligi muvaffaqiyat garovi bo‘ldi”, - deydi Zaytullayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Seriya A mavsumi va Eldor o‘yinini italiyalik sharhlovchilar bilan muhokama qilgan. O‘shanda Shomurodov o‘zini juda yaxshi namoyon qilgani va juda kuchli o‘yinchi ekani ayon bo‘lgani oydinlashgan. Shu bois Zeytullav uchun futbolchining “Roma”ga o‘tishi kutilmagan holat bo‘lmagan.
“Uning moslashishi qanchalik qiyin bo‘ladi? Futbolchilarning yangi klubga moslashishi hamisha qiyin. Lekin Eldor buni bir necha marta uddaladi – avvaliga O‘zbekistondan “Rostov”ga ko‘chib o‘tdi, so‘ngra “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tdi. O‘ylaymanki, unda muammolar bo‘lmaydi. U juda kamtar va yaxshi insonligi, oilaparvarligi ko‘rinib turibdi. Kamtarligi ortidan u shuhratga erishdi”, - deya qo‘shimcha qildi Ilos.
Futbol. RPL. Match SSKA - Rostov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2019
Eldor Shomurodov: ba’zan tortinchoqligim pand beradi

Italyanchani yaxshi bilmaydi, lekin tez orada juda yaxshi o‘rganadi

“Roma”ga o‘tgani haqida e’lon qilingan keyin Rim klubi matbuot xizmati Shomurodov bergan birinchi intervyuni ko‘rsatdi. Futbolchi intervyuni rus tilida bergan. Ilos Zeytullayev Eldor tez orada chempionatida qatnashayotgan mamlakat tilini o‘rganib oladi deb hisoblaydi.
“Ishonchim komilki, u allaqachon italyan tili o‘rganmoqda. Men Italiyada bir yarim bo‘lganimdan keyin italyancha gapira boshlaganman, jamoadoshlarim va murabbiy ko‘rsatmalarini undan avvalroq tushuna boshlaganman. Men italyancha kitoblar o‘qishni, filmlar ko‘rishni yoqtirardim. Qolaversa, oyim ingliz tili o‘qituvchisi. U menga o‘shanda yangi tilni o‘rganishda yordam bergan”, - deya xulosa qildi Zeytullayev.
Odil Axmedov nagrajden spetsialnoy nagradoy prezidenta AFU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov O‘FA prezidentining maxsus sovrini bilan taqdirlandi
Yangiliklar lentasi
0