Dunyoda

BSST koronavirusga qarshi takroriy vaktsinatsiyaga moratoriy joriy etishga chaqirmoqda

© Vitaliy BelousovMigrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
BSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus sentyabr oxirigacha koronavirusga qarshi qayta emlashga moratoriy joriy etish kerak, deya bayonot qildi
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik, Yelizaveta Isakova. Sentyabr oyining oxirigacha revaktsinatsiyaga vaqtinchalik moratoriy joriy etish zarur, deya bayonot qildi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.
"Biz obroʻ-eʼtibordagi har bir kishini, olimpiya sportchilarini, investorlarni, biznes-yetakchilarni, diniy yetakchilarni va ularning oilasi va hamjamiyatidagi har bir alohida kishini emlash boʻyicha qoʻshimcha dozalarga kamida sentyabr oyining oxirigacha moratoriy eʼlon qilish haqidagi daʼvatimizni qoʻllab -quvvatlashga chaqiramiz", - dedi u.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi toʻliq emlangan – Asadov
BSST ekspertlari bu moratoriyni, ehtimol, butun dunyoda yetarli miqdordagi kishilarni emlash uchun yil oxiriga qadar uzaytirishga toʻgʻri kelishi mumkin, degan fikrni ham bildirmoqdalar.
Tashkilot berayotgan baholarga koʻra, dunyoda COVID-19ga qarshi vaktsinalarga nisbatan global tengsizlik yuzaga kelgan. Kambagʻal mamlakatlarda boy mamlakatlarga qaraganda kam odam ancha kam odam toʻlaligicha emlangan yoki hech boʻlmaganda bitta dozani olgan. Boy mamlakatlarda esa vaktsina ishlab-chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, hukumatlar allaqachon takroriy vaktsina haqida gapirishni boshlaganlar.
Ilgariroq, BSST bosh direktori shuningdek, sentyabr oyigacha har bir mamlakatda aholining eng kamida 10 foizini emlashga chaqirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala