Siyosat

Ekopartiya Oʻzbekiston prezidenti saylovidagi oʻz nomzodini eʼlon qildi

© Dilshoda RaxmatovaNarzullo Oblomurodov, lider Ekopartii
Narzullo Oblomurodov, lider Ekopartii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Oʻzbekiston prezidenti saylovida qatnashish uchun oʻz nomzodini eʼlon qildi.
Nomzod partiya Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumida maʼqullangan. Maʼqullangan nomzodni sʼyezd muhokamasiga kiritish boʻyicha qaror qabul qilindi.
“Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Oblomurodov Narzullo Naimovich nomzodi maʼqullandi”, - deyilgan xabarda.
Narzullo Oblomurodov fevral oyida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylangan edi. U bunga qadar Oʻzbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda mamlakat prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga 23 iyul kuni rasman start berildi. Saylov 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtishi belgilangan.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala