Hodisalar

Fargʻonada 11 yoshli bola amakisi tomonidan zoʻrlab kelingani haqidagi xabar tekshirilmoqda

Malchik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Avvalroq Quvada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zoʻrlab kelingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Fargʻona viloyati Quva tumani IIB 2 avgust kuni 11 yoshli oʻgʻil bolaning amakasi tomonidan jinsiy tajovuzga uchragani haqidagi xabar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv boshladi. Avvalroq bola va uning onasi bu haqda bloger Aqida Xanumga soʻzlab berishgan edi.
Bildirilishicha, voyaga yetmagan 11 yoshli bola 1973 yilda tugʻilgan amakisi tomonidan ikki yil davomida zoʻrlab kelingan.
Jenщina derjit za ruku rebenka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Hodisalar
Surxondaryoda uchinchi sinf bolasi qishloqdoshi tomonidan zoʻrlandi
Oʻgʻlining zoʻrlangani haqida bilgan ayol turmush oʻrtogʻiga: “Akangiz buni qilgan ekan, nahotki eshitmadingiz?” — deb soʻragan. U: “Ha, eshitdim, men nima qila olardim? Akam boʻlsa. Uni soʻyib tashlay olmayman-ku”, — deya javob bergan.
Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, xabarda koʻrsatilgan holat haqida muqaddam huquqni muhofaza qiluvchi oraganlarga murojaat kelib tushmagan. Shu sababli joriy yilning 2 avgust kunidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilishi boshlangan.
Tekshirish ustidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat oʻrnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader