Jamiyat

Mingdan ziyod mahallaga jamoat transporti yetib boradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Transport vazirligiga yangi yoʻnalishlar tashkil etish vazifasi topshirildi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarmidagi iqtisodiy natijalar tahlili hamda yil yakuniga qadar barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda Transport vazirligiga yangi yoʻnalishlar tashkil etib, jamoat transporti yetib bormagan 1 ming 113 ta mahallani qamrab olish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Yigʻilishda xizmatlar sohasi tahliliga ham alohida eʼtibor qaratildi.
“Davlat tomonidan imkoniyat yaratib berildi. Odamlarimiz ham harakatchan, mehnatsevar. Endi xizmatlar sohasida keskin oʻzgarish qilish kerak. Bu yangi ish oʻrinlari tashkil etishning eng arzon yoʻli. Qishloqlarda xizmatlar qancha koʻpaysa, sifat ham oshadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun birinchi bosqichda 7 ta tijorat bankiga 1 trillion 575 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Buning hisobidan hududlarda 2 ming 400 ta loyihani amalga oshirish boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala