Jamiyat

Oʻzbekiston boʻylab aholi murojaatlarini hal etish uchun "Tezkor shtablar" tashkil etilyapti

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
“Tezkor shtab” rahbari viloyat hokimi boʻlib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi
TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti boshchiligida "Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, respublikaning barcha hududlarida mahalliy mutasaddilar uchun maxsus oʻquv seminarlar tashkil etilmoqda.
“Zoom” platformasi orqali tashkil etilayogan seminarlarda markaziy studiyalardan viloyat hokimlari, ularning tegishli oʻrinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha masʼul xodimlar ishtirok etishyapti.
Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari qatnashyapti.
Oʻquv seminarlar davomida videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan maʼruzachilar soʻzga chiqishmoqda.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Jamiyat
Mirziyoyev aholi bandligi va farovonligini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi
Jumladan, Oʻzbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Islamov "Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar", prezident administratsiyasi masʼul xodimlari Farhod Azizov "Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish" hamda Sarvar Mamadiyev "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida"gi Qonun hujjatlari yuzasidan yigʻilish ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berib oʻtyapti.
Maʼruzalar bilan bir qatorda joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish boʻyicha hokimliklar qoshida "Tezkor shtab"lar tuzilyapti. "Tezkor shtab" rahbari viloyat hokimi boʻlib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini taʼminlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazadi.
"Tezkor shtab" guruhi elektron bazasiga kiritish, korxonalar tomonidan qayta oʻrganilgan murojaatlar toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari boʻyicha kunlik maʼlumotlarni yigʻadi. Natijada ushbu koʻrsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari oʻrgangan holda hujjatlar yigʻib boriladi.
Bugungi kunga qadar oʻquv seminarlar Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida boʻlib oʻtdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala