Jamiyat

Prezident Olimpiada oltin medali bilan barchani qutlash uchun majlisni toʻxtatdi

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayevning Tokio Olimpiadasida olgan oltin medali prezident tomonidan quvonch bilan kutib olindi.
TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida olingan oltin medal haqida xabarni olishi bilan majlisni toʻxtatib barchani qutladi.
"Ogʻir atletika boʻyicha Tokioda oltin oldik. Bu yangi Olimpiya rekordi. Akbar Joʻrayev. Hammanglarni tabriklayman. Bu bizning 30 yilligimizga juda katta kuch-qudrat. Meni buni juda kutgan edim", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Majlis ishtirokchilari ham xushxabarni qarsaklab bilan kutib olishdi. Shavkat Mirziyoyevning oʻzi ham oʻrnidan turib qarsak chaldi.
Eslatib oʻtamiz, 109 kg vaznda ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayev 3 avgust kuni Tokio Olimpadasida 193 va 237 kg vazn koʻtarim, umumiy natija 430 kg bilan yangi olimpiya rekordi oʻrnatgan edi.
Bu Oʻzbekiston Olimpiya jamoasining ikkinchi oltin medali boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader