Analitika

Rossiya jangovar robotlari insonlar dunyosini yaxshilamoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishBoyevaya avtomatizirovannaya sistema "Soratnik"
Boyevaya avtomatizirovannaya sistema Soratnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Jangovar sharoitda mustaqil ishlashga qodir, sunʼiy intellektga ega robotlar - Rossiya armiyasining bugungi kunidir.
Jangovar sharoitda mustaqil ishlashga qodir, sunʼiy intellektga ega robotlar - Rossiya armiyasining bugunidir. Robotlashtirilgan qurol majmualari qoʻshinlar safiga tobora faol joriy etilmoqda, ular nafaqat mashgʻulotlar, balki jangovar foydalanishning barcha muhitida qoʻllaniladi.
Jeneva v preddverii sammita prezidenta Rossii V. Putina i prezidenta SSHA Dj. Baydena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Kolumnistlar
Rossiyaning maxfiy quroli Yevropa markazida AQShga zarba berdi
Gʻarbiy harbiy okrug (GʻHO)da muhandislik qoʻshinlarining robotlashtirilgan texnikalardan foydalangan holda oʻtkazilgan uch kunlik keng koʻlamli manyovrlari 30 iyul kuni yakunlandi. Mashqlar Rossiya Federatsiyasining 6 ta subʼyekti, 12 ta poligoni va Oka daryosining bir qismini qamrab oldi. Mashgʻulotlarga sakkiz mingdan ziyod harbiy xizmatchilar, 1500 ga yaqin texnika, jumladan, "Uran-6" minalardan tozalash robototexnika majmualari va "Uran-14" yongʻinga qarshi tizimlari jalb qilindi.
GʻHO mashqlari epizodlaridan birida, Nijniy Novgorod viloyatidagi Mulino poligonida muhandislik boʻlinmalari Havo-desant qoʻshinlari bilan birgalikda "Uran" seriyali robotlar yordamida zich shaharlarda hujum harakatlari ustida ishlashdi. Bunda boʻlinmalar Suriyada orttirilgan jangovar tajribadan foydalanishdi.
Sindirish va qurish - muhandislik qoʻshinlarining oʻziga xos xususiyatlariga kiradi. Shu bilan birga, Rossiya armiyasida oʻnlab avtonom zarba robotlaridan iborat birinchi boʻlinmalar yaratilmoqda. Ularning jangovar foydalanish taktikasi faqat poligonlardagina mashq qilinayotgani yoʻq.
Ispыtaniye drona-taksi v pomeщenii Maloy sportivnoy arenы olimpiyskogo kompleksa Lujniki v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Kolumnistlar
Rossiya 2022 yilda zarba dronlarini eksport qilishni boshlaydi: eng zoʻr namunalar
Ilgariroq Rossiyaning "Soratnik" jangovar roboti tomonidan suriyalik terrorchilarning yoʻq qilinishi tasvirlangan video eʼlon qilingan edi. Yetti tonnalik zirhli mashina SAR hududida RF Qurolli Kuchlariga qarashli Maxsus Operatsiya kuchlarini qoʻllab-quvvatladi - u kunduzi va kechasi alohida jangarilar va "jihodchilar" mashinalariga aniq zarba berdi.
Shuningdek, sal avval Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda mustaqil jang qila oladigan sunʼiy intellektli jangovar robotlarning seriyali ishlab chiqarilishi boshlangani haqida xabar bergan edi. "Shunchaki sinov namunalari emas, balki haqiqatda fantastik filmlarda koʻrsatish mumkin boʻlgan robotlar paydo boʻldi", - degan edi Shoygu.
Qoʻshinlarni bunday mashinalar bilan jihozlash - ustuvor yoʻnalishlardan biri sanaladi. RF Mudofaa vazirligida jangovar robotlarni joriy etish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashgan boshqarma tashkil etilgan. Rossiyada sunʼiy intellektning rivojlanishi yangi bosqichga koʻtarilmoqda va bu davr talabidir. Qoʻshinlarning barcha turdagi va toifadagi eng yangi qurollarida avtomatlashtirilgan tizimlarning ahamiyati shiddat bilan oʻsib bormoqda.

Kelajakka shahd bilan

Havo-kosmik kuchlar, Harbiy-dengiz floti va Quruqlikdagi qoʻshinlar uchun jangovar robotlar ishlab chiqaradigan Rossiyaning bir qancha mudofaa korxonalari tomonidan uzoq kelajakdagi qurolli mojarolardagi gʻalabalar bugundanoq taʼminlanmoqda. Keling, eng mashhur namunalarni koʻrib chiqamiz.
Yuqorida nomi tilga olingan "Soratnik" birinchi marta "Armiya-2016" xalqaro harbiy-texnika forumida "koʻrinish bergan" edi. U qoʻshinlarni oʻt ochish borasida qoʻllab-quvvatlash, razvedka, hududlarni patrul qilish va obʼyektlar muhofazasi, minalardan tozalash va chegaralash, retranslyatsiya, oʻq -dorilar va yoqilgʻi yetkazib berish uchun moʻljallangan.
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Video
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni choʻchitib yubordi
Robot qudratli qurollar: 40 mm yoki 30 mm granatomyotlar, 12,7 mm yoki 7,62 mm pulemyotlar, tanklarga qarshi boshqariladigan toʻrtta raketa yoki "Shmel" reaktiv ognemyotlarini tashiydi. "Soratnik" ayniqsa, turli maxsus operatsiyalar vaqtida istehkomlarni shturm qilishda samarali va foydalidir. Zarurat tugʻilganida, ikkita "Soratnik" jang maydonida oʻzaro maʼlumot almashishi mumkin. Ushbu jangovar avtomatlashtirilgan tizim har qanday iqlim sharoitida kechayu-kunduz harakatlanishga qodir. Tezligi - soatiga 40 km gacha, bir marta yoqilgʻi quyilganda yurish zaxirasi - 400 km.
"Uran-6" gusenitsali zarba droni ham jangovar vaziyatda sinalgan. Moskvada 2018 yilda oʻtkazilgan Gʻalaba paradida ilk marotaba keng jamoatchilikka taqdim qilingan. Razvedka olib borish, qoʻshinlarni oʻt ochish boʻyicha qoʻllab-quvvatlash va dushmanning jangovar texnikasini yoʻq qilish uchun moʻljallangan.
Haybatli 12 tonnalik zirhli mashina boshqariladigan "Ataka" qurol majmuasi: tanklarga qarshi raketalar, "Shmel" reaktiv ognemyotlari, 30 mm avtomatik pushka, 7,62 mmli avtomatni oʻzida tashiydi. Mashina stels-himoyaga, lazerli nurlanishdan ogohlantirish tizimi va boshqa noyob xususiyatlarga ega. Gʻarbda bunga oʻxshashi mavjud emas, The National Interest ixtisoslashtirilgan jurnali Rossiya texnologiyalarining mutlaq ustunligini tan oldi.
Otkrыtiye mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma Armiya-2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2021
Analitika
Bunaqasi Rossiyada hali boʻlmagan: mudofaa qanday tank ustida ishlamoqda
Agar toʻliq formatli tanklar haqida gapiradigan boʻlsak, "Uralvagonzavod" - T-72B3 negizida robotlashtirilgan dronlarning ikkita modifikatsiyasi ustida ishlamoqda, "Rostex" davlat korporatsiyasi esa sunʼiy intellektga ega T-14 "Armata"ning robot versiyasini yaratdi (oʻt ochish qarori inson tomonidan qabul qilinadi). Birinchi holatda gap mavjud "boshqariladigan" T-72 ("Shturm" loyihasi) modernizatsiyasi haqida bormoqda. Robotlashtirilgan tanklar maksimal darajada avtonom va himoyalangan (radioelektron kurash vositalari shular jumlasidan), qoʻmondonlik bilan aloqa kanallari shifrlangan.
"Armata" gusenitsali platformasidagi boshqaruvchisiz T-14 tanki iyul oyida test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi. Mutaxassislar toʻliq robotlashtirilgan asosiy jangovar tanklarning yaratilishini Rossiya mudofaa sanoati uchun haqiqiy yutuq deb atashmoqda. Mashina hamma ishni deyarli oʻzi bajaradi, inson faqat mashina tomonidan zarba berish uchun tanlangan nishonni tasdiqlashi kerak, xolos. Ehtimol, asosiy jangovar tankning sunʼiy intellektga ega boʻlgan eksport modifikatsiyasi ham yaratiladi.
Voyennыe ucheniya v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.03.2021
Dunyoda
“Haqiqiy maxluq”: National Interest Rossiyaning T-90M tankini baholadi
Suriyada tank boʻlinmalaridan foydalanish tajribasi bir vaqtning oʻzida bir nechta: yengil, oʻrta va ogʻir turdagi robot tizimlarining jang maydonida hozir boʻlish zaruratini dalilladi. Robotlashtirilgan tanklar bir-birlarini olov bilan himoya qilishi, tarmoq ichida bir-biri bilan barqaror hamkorlik qilishi va maʼlumot almashishi kerak. Koʻp funktsiyali robotlar boʻlinmalari 2025 yilga kelib Rossiya qoʻshinlarida paydo boʻladi. Boshqa tomondan, Rossiya tez orada raketa qurollariga ega boʻlgan tanklarni yoʻq qilish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchish apparatini sinovdan oʻtkazadi.
Yadroviy dvigatelga ega "Poseydon" suv osti tizimi esa hech bir mubolagʻasiz aytish mumkin-ki, istalgan nishon va umuman olganda tajovuzkor-mamlakatning yoʻq qilinishini kafolatlaydi. Amaldagi davlat qurollanish dasturi boʻyicha (2027 yilgacha) Rossiya har birining bortida oltitagacha "Qiyomat kuni torpedalari" mavjud boʻladigan uchta submarinalarni quradi.

Avtomatlashtirish ahamiyati

Jangovar robotlar inson hayotini saqlab qolish imkonini beradi, ular toʻgʻri qarorlarni tezlikda qabul qilish va jangovar foydalanishning barcha muhitida - quruqlikda, havoda va dengizda dushman ustidan "son emas, mahorat evaziga" erishiladigan gʻalabani taʼminlashga qodir.
Robototexnika majmualarini rivojlantirish va jangovar qoʻllash kontseptsiyasiga koʻra, 2025 yilgacha boʻlgan davrda Rossiya armiyasining qurol -yarogʻ va harbiy texnikasi umumiy tarkibidagi robotlarning ulushi 30%ga yetadi. Bu tizimlarning muhim qismi toʻlaligicha avtonom boʻlib, sunʼiy intellekt boshqaruvi yordamida ishlaydi.
Rossiyalik dasturchilar, konstruktorlar va muhandislar jangovar robotlarning toʻliq avtonomlashtirilishiga erishish, yaʼni jang maydonidan maʼlumot olish tizimini yakunlash va avtonom qaror qabul qilishning murakkab apparatini nihoyasiga yetkazishlariga juda oz qolmoqda.
Robotlashtirishning yakuniy bosqichi - qoʻshinlarning yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidir. Yuqori texnologiyali qurol-yarogʻlar sohasida Rossiya yetakchilik qilmoqda, biroq "sheriklar" uni quvib yetish va hatto ortda qoldirish uchun milliardlab dollarlarni ayashmayapti. Yaqin oʻn yil ichida Pentagon faqatgina kelajak kiberurushlariga tayyorgarlikka 2,4 milliard dollar sarflashni rejalashtirgan.
Ispыtaniye drona-taksi v pomeщenii Maloy sportivnoy arenы olimpiyskogo kompleksa Lujniki v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Kolumnistlar
Rossiya 2022 yilda zarba dronlarini eksport qilishni boshlaydi: eng zoʻr namunalar
AQSH qurol-aslahalarning axborot kommunikatsiya imkoniyatlarini rivojlantirish, ularni yagona tarmoqqa birlashtirishga asosiy eʼtibor qaratishni maqsad qilgan va qurolli kuchlar hamda zamonaviy harbiy texnologiyalar qoʻllash vositalarini qatʼiyat bilan yangilamoqda.
Pentagon uchun suʼiy intellekt istiqbolli tizimlarini ishlab chiqish bilan DARPA agentligi shugʻullanib keladi. Agentlik har yili avtonom robotlarning oʻzaro "bellashuvini" oʻtkazib keladi (2015 yildan boshlab - yopiq tarzda).
Bunday mashinalarning jang maydonidagi vazifasi - dushmanni yuqori texnologiyali yoʻq qilishdir. Tinchliksevar Rossiya 2030 yilgacha NATO uchun asosiy harbiy tahdid sifatida tan olingan, u "sheriklarni" yuqori texnologiyali, samarador va tushunarli vositalar bilan "tiyib" turishga majbur boʻlmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala