Tarqatilayotgan “X-variant” bu yilgi savollar emas – DTM

© Press-slujba MISiSVstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane
Vstupitelnie ekzameni v filiale MISiS v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
Davlat test markazi abituriyentlar va ota-onalarni firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Ijtimiy tarmoqlarda “X-variant” deya tarqatilayotgan test topshiriqlari bu yilgi kirish imtihonlariga tegishli emas, deb xabar qilmoqda Davlat Test markazi.
“Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda x variant deya tarqatilayotgan test topshiriqlari 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tegishli emasligini va Davlat test markazi bazasida bunday test topshiriqlari mavjud emasligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga Davlat test markazi barcha abituriyentlar va ularning ota-onalaridan turli asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklarini va firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi OTMlarga kirish imtihonlari 5-avgustdan boshlanadi. Imtihonlar kuniga ikki smenada, soat 07:00 dan 19:00 dan boshlanishi belgilangan. Epidemiologie vaziyatni hisobga olib testlarni ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazish belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0