Tseremoniya otkrыtiya XXXII letnix Olimpiyskix igr - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
23 iyuldan 8 avgustga qadar Tokioda Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Unda 71 sportchidan iborat Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Tokio Olimpiadasi: finalga chiqqan Jalolov va kurashchilarning “bronza” yutish imkoniyati

© Press-slujba NOK UzbekistanaBaxodыr Djalolov
Baxodыr Djalolov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarining 12-kuni nihoyalandi. Unda Oʻzbekiston vakillari sportning boks, kanoeda eshkak eshish va erkin kurash turlari boʻyicha omadlarini sinab koʻrishdi.
TOSHKENT, 4 avg — Sputnik. Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining 12-kunida oʻzbekistonlik 6 nafar sportchi oʻz omadini sinab koʻrdi. Sputnik Oʻzbekiston vakillarining bugungi Olimpiya oʻyinlarida chiqishlarini sarhisob qiladi.

Kanoeda eshkak eshish

Kanoechilar Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova chorak final bahsini oʻtkazishdi.
Birinchi guruhdagi 200 metr masofaga kechgan bellashuvda dastlab Nilufar Zokirova startga chiqdi. U oʻz guruhida 48.995 soniya natija bilan oltinchi boʻlib marraga yetib keldi.
Ikkinchi guruhda Dilnoza Rahmatova 46.645 soniya koʻrsatdi. Bu koʻrsatgich uning yarim finalga yoʻl olishiga kamlik qildi.
© Press-slujba NOKDilnoza Raxmatova
Dilnoza Raxmatova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Dilnoza Raxmatova
Endi Oʻzbekiston vakilalari juftlik bahslarida qatnashadilar. Ularga boʻlajak startda omad tilab qolamiz.

Erkin kurashdagi “bronza”ga boʻlgan umidlar

Musobaqalar doirasida dastlab Javrail Shapiyev (-86 kg) Rio-2016 Olimpiadasi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdaniyga qarshi gilamga chiqdi. Shapiyev tajribali raqibga qarshi munosib kurashdi. Biroq eronlik yakunda gʻalaba qozonib, keyingi davraga yoʻl oldi. Endi Shapiyev ertaga, 5 avgust kuni bronza medali uchun kurashni davom ettiradi. Unga avvaliga Shveytsariya vakili Stefan Reyxmuts raqiblik qiladi. Uni magʻlub eta olsa, rossiyalik Artur Nayfonov bilan bronza medali uchun kurashadi.
Ikkinchi kurashchi Gʻulomjon Abdullayev dastlabki davrada xitoylik polvon Mingxu Liuni magʻlub etdi va chorak finalga yoʻl oldi. Unga mazkur bosqichda soʻnggi 2 karra jahon chempionatining gʻolibi rossiyalik Zaur Uguyev raqiblik qildi. Dastlab Abdullayev hisobda ortda qolayotgan edi. Keyin tarozini oʻz pallasiga ogʻdira oldi. Bir necha soniya qolganida rossiyalik polvon hisobni tenglashtirib, soʻnggi ballni qoʻlga kiritgani evaziga gʻalabani ilib ketdi.
Uguyev finalga chiqdi va Abdullayevning bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo boʻldi. Oʻzbekistonlik kurashchi avvaliga AQSH vakili Tomas Gilman bilan kuch sinashadi. Uni yengsa, eronlik Rizo Atriy oʻrtasida medal uchun jang olib boriladi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaVolnaya borba: Abdullayev i Shapiyev srazyatsya za "bronzu"
Volnaya borba: Abdullayev i Shapiyev srazyatsya za bronzu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Volnaya borba: Abdullayev i Shapiyev srazyatsya za "bronzu"

Jalolovning boksdagi yorqin gʻalabasi

Super ogʻir vazn toifasida Olimpiada oltin medali uchun jang qilayotgan oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Tokio-2020 finaliga yoʻl oldi.
U bugun murosasiz kechgan yarim final bahsida britaniyalik bokschiga qarshi ringga koʻtarildi. Freyzer Klarkka bilan oʻtgan oʻta shiddatli va murosasiz ruhda oʻtgan jangda Jalolov oʻzining kuchli zarbalari bilan raqibini ojiz qoldirdi.
3-raund oʻtib borayotgan bir vaqtda raqibning jarohati sabab bellashuv yakuniga yetmadi. Oʻsha vaqtgacha hisoblangan ochkolar soni boʻyicha Jalolov yaqqol ustunlik qildi va Olimpiada finalga yoʻl oldi.
© NOK Uzbekistana / Alimurod MamadaminovUzbekskiy bokser Baxodir Djalolov protiv Freyzera Klarka v polufinalnom poyedinke na olimpiade v Tokio
Uzbekskiy bokser Baxodir Djalolov protiv Freyzera Klarka v polufinalnom poyedinke na olimpiade v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Uzbekskiy bokser Baxodir Djalolov protiv Freyzera Klarka v polufinalnom poyedinke na olimpiade v Tokio
Uning oltin medal uchun kechadigan bahsdagi raqibi AQSH vakili Richard Torres boʻladi. Ular jangi 8 avgust, Olimpiya oʻyinlarining yopilish kunida boʻlib oʻtadi.

Koʻpkurashdagi shaxsiy rekord

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari doirasida ayollar oʻrtasidagi koʻp kurash bahslarining bugungi dasturlari yakunlandi. Unda 4 dasturda bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ushbu yoʻnalishda Yekaterina Voronina mamlakat sharafini himoya qildi. Bugungi dasturlar davomida u 100 metrga (14.19 soniya) toʻsiqlar osha yugurish va 200 metrga (24.67 soniya) yugurish dasturlarida oʻz shaxsiy rekordini yangilashga muvaffaq boʻldi. Hozirda Voronina 3588 ochko bilan 20-oʻrinda turibdi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaYekaterina Voronina
Yekaterina Voronina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Yekaterina Voronina
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala