Jamiyat

Toshkentdagi kushxonalar Olmaliq va Ohangaronga koʻchiriladi - hokimiyat

© Xokimiyat g. TashkentaSkotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalыk i Oxangaran
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalыk i Oxangaran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Kushxona, teri tozalash va parrandachilik korxonalari Olmaliq va Ohangarondagi maxsus sanoat zonalariga koʻchiriladi - hokimiyat.
TOSHKENT, 4 avg – Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan terini qayta ishlash va parrandachilik korxonalari, qoramol kushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq va Ohangaron tumanlariga koʻchiriladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimiyati va “Salar” oqava suvlarni tozalash inshooti atrofida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum boʻldi.
Xabrada aftilishiga koʻra, yuqoridagi qaror “Salar” oqava suvlarini tozalash inshooti atrofida badboʻy hid taralish muammosi atroflicha oʻrganib chiqilganidan qabul qilingan.
“Oʻrganish xulosalari asosida, Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan terini qayta ishlash, toʻqimachilik, parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq shahri va Ohangaron tumanlarida tashkil etiladigan “Maxsus sanoat zona” lariga koʻchirilishi lozimligi haqida xulosa qilindi”, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari “Salar” oqava suvlarni tozalash inshooti samaradorligini oshirishga qaror qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzgarish” va “Noʻgʻoyqoʻrgʻon” mahallalari aholisi uzoq vaqtdan buyon kechki payt yoqimsiz hid tarqalishidan aziyat chekayotgan edi. Ushbu muammo matbuotda ham televideniyeda ham koʻp marotaba yoritilgan edi.
© Xokimiyat g. TashkentaSkotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalыk i Oxangaran
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalыk i Oxangaran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Skotoboyni iz Tashkenta perenesut v Almalыk i Oxangaran
Dastlab yoqimsiz hid paydo boʻlishida “Salar” oqova suvlarni tozalash inshooti ayblangan boʻlsa, keyinchalik bunda ushbu hududdagi kanal boʻyida joylashgan terini qayta ishlash korxonalari ham boʻlishi mumkinligi aytilgan edi.
Iyun oyida Salar va Bektemirda 18ta korxonalar faoliyati toʻxtatilib 22 nafar maʼsul shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala