“Ukrainadan hamma charchadi” - siyosatchi xulosasi

© Foto iz lichnogo arxiva Yuriya SvetovaPolitolog Yuriy Svetov
Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2021
Obuna bo‘lish
“Shimoliy oqim-2” ishga tushganidan so‘ng Moskva Kiyevni istagan vaqtida jazolashgi mumkin deb hisoblaydi xorijiy ekspert. Rossiyalik siyosatchi bu fikrga qo‘shilmadi.
“Shimoliy oqim-2” ishga tushirilganidan so‘ng Moskva Kiyevni istagan vaqtida jazolashgi mumkin deb hisoblaydi deb hisoblaydi AQShning National Interest nashri tahlilchisi Djon Rul.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiya gazining Ukraina orqali o‘tadigan qismi sezilarli darajada qisqarishi oqibatida, Kiyev nafaqat iqtisodiy yo‘qotishlarga balkim o‘zi kun kechirishi uchun o‘ta muhim bo‘lgan energiya manbaidan mahrum bo‘ladi.
Shu bilan birga Ukrainaning noroziligi “keng xalqaro miqyosda” qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Viveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii (AGNKS) Gazprom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2021
"Gazprom" Yevropa omborlariga jo‘natilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
“Chunki Rossiya, o‘zining g‘arbiy yevropadagi hamkorlariga zarar yetkazmasdan turib Ukrainani jazolashi mumkin. Bunday vaziyatda YeIda ROssiya va Ukraina orasida o‘rtakashlik qilish istagi ancha kamayib qoladi”, - deb yozadi Rul.
Siyosatchi Yuriy Svetov ushbu vaziyat borasida Sputnik radiosiga quyidagilarni ma’lum qildi.
“Menimcha bu fikrda haqiqat ham va yolg‘on ham bor. Yolg‘on shundaki – Rossiya uchun “Shimoliy oqim-2” bu iqtisodiy loyiha emas, qandaydir siyosiy qo‘rqitish quroli. Bunday mantiq tarafdorlari Rossiya Ukrainadan o‘ch olmoqchi deb hisoblaydi. Vaholanki Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha bor “Shimoliy oqim-2” ishga tushganidan so‘ng ham Ukraina orqali tranzit saqlanib qolishini ma’lum qilgan edi”, - deydi Svetov.
Amerikalik tahlilchining gaplaridagi haqiqat shunda-ki – “Shimoliy oqim-2”ga uzoq vaqtdan beri xalqaro munosabatlarda keragidan ortiq e’tibor berilmoqda. Bu iqtisodiy loyiha, undan esa siyosiy maqsadlarda foydalanishga xalqaro hamjamiyat munosabatlarini zaharlashga urinishmoqda.
“Xalqaro hamjamiyat Ukraina rahbariyatining talablaridan charchagan. Amerika, Germaniya, NATO, YeIga qaratilgan “siz unday qilishingiz shart”, “siz uni to‘xtatishingiz shart” kabi to‘xtovsiz chaqiriqlar hammaning joniga tekkan. Hech kim Ukrainadan qarzdor emas. Agar Ukrainaning qandaydir manfaatlari bo‘lsa, uni o‘zlari himoya qilishlari kerak. Ya’ni, Ukrainaning o‘zi Rossiya bilan suhbat qilishni boshlashi kerak. Xalqaro hamjamiyat asta-sekin ana shuni tushunib yetmoqda”, - deb xulosa qildi Yuriy Svetov.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yillik qarshilik va sanksiyalardan so‘ng AQSh va Germaniya "Shimoliy oqim-2" borasida ijobiy kelishuvga erishgan. Ayni damda ushbu loyiha 98%ga bitgan va yil oxiriga qadar ishga tushishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0