Iqtisod

Oʻzbekiston gulchilikni rivojlantirishga bel bogʻladi: oldinga qanday maqsadlar qoʻyilgan

© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishTsvetuщiye tyulpanы v Moskve
Tsvetuщiye tyulpanы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlari gulchilikka ixtisoslashtiriladi.
TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. “Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinkoʻl, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod hamda Jizzax viloyatining Zomin va Gʻallaorol tumanlari gulchilikka ixtisoslashtiriladi.
Mazkur tumanlarda:
tajriba tariqasida gulchilik klasterlari tashkil qilinadi;
gulchilik bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarga 0,06 gektardan 1 gektargacha yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga dehqon xoʻjaligini yuritish maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibida ajratiladi;
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning kamida 10 foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratiladi;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga har birining maydoni 2 sotix boʻlgan 25 ta “Gulchilik oʻquv poligon”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer maydoni elektron onlayn-auktsion (qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi;
“Gulchilik oʻquv poligon”larida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga 6 sotixdan yer maydoni elektron onlayn-auktsion (qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda) yoki ochiq elektron tanlov (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi.
2021 yil 1 sentyabrdan 2021–2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollardan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xomashyo (gul koʻchatlari, urugʻlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi.
2022/2023 oʻquv yilidan:
- qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi OTMlarda Gulchilik magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;
- Toshkent davlat agrar universitetida Turkiya Respublikasining Isparta amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik sohasida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
- Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida gul hamda koʻchatlarning yirik ulgurji bozori tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala