Analitika

AQSH HDKning Large Scale Exercise 2021 mashqlari: Qora dengizga kuch yetadimi?

© Sputnik / Denis Petrov / Fotobankka oʻtishEsminets SSHA Donald Cook na voyennыx ucheniyax
Esminets SSHA Donald Cook na voyennыx ucheniyax  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
AQSH harbiy dengiz kuchlari jahon okeani ustidan toʻliq nazorat oʻrnatish uchun mutlaqo yetarli emas, Yevropa va Osiyoda dengizda asosiy raqiblari - Rossiya HDF va Xitoy HDKni 36 ta kema va uchta dengiz piyodalari diviziyasi bilan "qoʻrqitishi" haqida-ku gapirmasa ham boʻladi.
Qoʻshma Shtatlar 3 avgust kuni soʻnggi 40 yilda eng yirik HDK mashqlari - Large Scale Exercise 2021ni boshladi, tadbir beshta harbiy-dengiz birlashmalari (tezkor flotlar), AQSH dengiz pexotasi korpusining uchta birlashmasini qamrab olgan. Yigirma besh ming nafar harbiy xizmatchilar jalb qilingan. Manyovrlar 16 avgustga qadar davom etadi.
Stars and Stripes nashri xabariga koʻra, Large Scale Exercise 2021 (LSE) tadbirlari – 21 asrdagi AQShning koʻlami boʻyicha NATO HDKning 1981 yilda boʻlib oʻtgan Ocean Venture manyovrlari bilan taqqoslash mumkin boʻlgan kema va desant mashgʻulotlaridir.
Analitika
NATO Qora dengiz boʻyicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday boʻladi?
Rejalar - katta maydonda dengiz janglarini mashq qilish, okeanda "dushman" ni qidirish, uni aniqlash va yoʻq qilish, shu jumladan, shartli ravishda yadro qurolidan foydalanishdan iborat. Bu sovuq urush standartlariga qaytish, "qatʼiyat va yangi imkoniyatlar" namoyishi, Rossiya va Xitoyga Amerika bir vaqtning oʻzida bir nechta frontlarda urush olib borishi mumkinligini anglatuvchi signaldir. Aniqrogʻi, "Qora dengiz, Oʻrtayer dengizining sharqiy qismi, Janubiy-Xitoy va Sharqiy-Xitoy dengizida muammolarni hal etib, Amerika qurolli kuchlarini kuchsizlantirish harakatlarini yoʻqqa chiqarishdir".
Esminets VMS SSHA Fitzgerald - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Dunyoda
Qora dengizga NATOning ikkita harbiy kemasi kirib keldi
LSE 2021 davomida amerika HDK bahsli muhit(LOCE)da turfa dengiz (DMO), ekpeditsiya (EABO) va qirgʻoq oldi operatsiyalarining moslashuvchanligi, shuningdek, yuqori darajadagi jangovar harakatlarni olib borishga tayyorligini namoyon etishi kerak. Taxminlarga koʻra, amerika dengizchilari (va sal avval Afgʻonistonda tepki yegan dengiz piyodalari) yuqori texnologiyali dushman bilan jang qilishga, aniq nishonga oladigan qurollar zarbalariga qarshilik koʻrsatishga tayyor.
Amerikalik strateglarning fikricha, "bir vaqtning oʻzida barcha sohalardan, shu jumladan havo, quruqlik, dengiz, kosmos va kibernetika"dan oʻta aniq zarbalar berish yagona qoʻmondonligi ostida "eng xiylagan dushmanni ham yoʻq qilish" mumkin. HDK qoʻshma harbiy harakatlarining yangilangan kontseptsiyasi bir qarashda AQSH Ikkinchi Jahon Urushidan buyon duch kelmagan "bahsli logistikani" ham inobatga olayotgandek. Gʻoyalar va rejalar qay tarzda roʻyobga chiqarilishini qiziqish bilan kuzatib qolamiz.

Afsonalar va reallik

AQSH 6 -floti qoʻmondoni vitse -admiral Jin Blek sal avval: "LSE bizning qoʻmondonlarimizni flotning ochiq okeandan to qirgʻoqqa qadar muvofiqlashtirilgan operatsiyalarni oʻtkazish qobiliyatini namoyish etish uchun dengiz korpusini integrallashtirgan holda, taktikdan tortib strategikgacha boʻlgan harbiy-dengiz operatsiyalarini butun spektr boʻylab tekshiradi".
Ammo bunga qaramay, mutaxassislarda Amerika flotining 36 ta kema va uchta dengiz piyodalari birlashmalari kuchi yordamida bir vaqtning oʻzida Qora, Oʻrta yer, Janubiy-Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida ustunlik qilish imkoniyati katta gumonlarni tugʻdirmoqda. Bu yerda Dunyo okeanini aytmasa ham boʻladi.
Ucheniya Sea Breeze 2021 nachalis s provokatsiy u beregov Krыma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Video
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
Rivojlanish tezligi, raqamlar va sifati boʻyicha AQSH harbiy -dengiz kuchlari potentsial raqiblardan ortda qolmoqda. Amerika aviatashuvchi zarba guruhlarining "gollivudcha" imkoniyatlari aviatsiya, submarinalar, kemalarga qarshi qirgʻoq raketa tizimlari, xuddi shunga oʻxshash havodan hujumga qarshi mudofaa va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan koʻrsatiladigan qarshiliklarga tengdir.
Gʻarb tahlilchilarining maʼlumotlariga koʻra, Xitoy va Rossiya harbiy flotlari dengizda son jihatdan mutlaq ustunlikka ega - 1380 ta kemalar 490 ta amerika kemalariga qarshi. Amerika HDK kemalar (490ta) soni boʻyicha dunyoda XXR harbiy floti (777 dona), Rossiya Federatsiyasi (harbiy flotlari (603 dona) va KXDR harbiy floti (492 dona)dan keyin toʻrtinchi oʻrinnigina egallaydi.
Pentagon maʼlumotlariga koʻra, HDK tarkibida 297 ta jangovar kemalar bor, Xitoyda esa 335 ta suv usti kemalari mavjud. Qanday boʻlmasin, farq ahamiyatli. Agar AQSH HDKning umumiy tonnajini hisobga oladigan boʻlsak, hammasi unchalik yomon emas, biroq Rossiya va Xitoyning gipertovushli yuqori aniqlikka ega raketa qurollari, qudratli torpedalar, uzoq masofali havodan hujumga qarshi mudofaa va raketa hujumlariga qarshi tizimlarini hisobga olganda, amerika aviatashuvchilari va raketa tashuvchi esminetslari kafolatlangan magʻlubiyat uchun oson nishonlardek taassurot uygʻotadi. Eslatib oʻtaman, Pentagon gipertovushli raketalarga ega emas.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Kolumnistlar
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
LSE 2021 manyovrlari faqat AQSH HDKni qamrab olgan, lekin ittifoqchilar va sheriklar keyingi versiyalarga kiritilishi mumkin. Ehtimol, amerika manyovrlarining "yopiqligi" Pentagon tomonidan 2020 yilning oktyabrida boʻlib oʻtgan maxfiy strategik oʻyin (modellashtirish) paytida yoʻl qoʻyilgan xatolar ustida ishlash bilan izohlanar. AQSH Qurolli kuchlari Shtablar boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, general Jon Xaytenning fikricha, shartli raqib axborot maydonida tashabbusni qoʻlga olib "bulut"ni oʻchirib qoʻyganida oʻyin katta muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan edi. Pentagon markazlashtirilmagan muhitda harakat qilishga tayyor emasligi maʼlum boʻlib qoldi. Kelajak yuqori texnologiyali qurolli mojarolari esa qulay muhitni vaʼda qilmayapti.

Kelajakka yoʻl

AQSH Harbiy -dengiz kuchlarining dengiz operatsiyalari boshligʻi, admiral Maykl Gildey, kecha Large Scale Exercise 2021 manyovrlari jangovar harakatlar olib borish kontseptsiyasi ustida tajriba oʻtkazish hamda uzoq yillarga xulosa chiqarish imkonini berishi haqida gapirdi. Kelgusi janglarga tayyorgarlik koʻrish algoritmi qiziq: "Urush olib borish kontseptsiyasi biz sotib oladigan, biz sarmoya kiritadigan jamiki narsalarning asosiga aylanadi va u biz qanday kurashishimiz kerakligi haqida maʼlumot berib turadi".
AQSH HDK Tinch okeani floti qoʻmondoni, admiral Kristofer Greydi LSE 2021 mashgʻulotlari davomida "harbiy-dengiz urushi sanʼati va ilmini rivojlantirish", eksperimental texnologiyalarni baholash, bir nechta dengiz uyushmalarining birlashgan jangovar kuchidan - maʼlumotlar, qurol va platformalardan butun dunyodagi bahsli muhitlarda foydalanmoqchi.
Podnyatiye Andreyevskogo flaga na atomnoy podvodnoy lodke Knyaz Vladimir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.04.2021
Kolumnistlar
Busiz iloji yoʻq: Shimoliy dengiz floti NATOga nima bilan javob qaytaradi
Shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasining raisi, general Mark Milli 2 avgust kuni urushga tayyorgarlik koʻrish uchun (oʻzining tarixiy davriyligi tufayli muqarrar boʻlgan) Qoʻshma Shtatlar yaqin 10 yilda elliktacha yangi texnologiyalarni, jumladan, sunʼiy intellektga ega dronlarni oʻzlashtirish kerakligini maʼlum qildi.
Meni nazdimda, amerika strateglarining soʻzlari soni va bu soʻzlarning joʻshqinligi global mojaro realligidan uzoqlashtirmoqda.
Amerika strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) sal avval Afgʻonistondagi magʻlubiyatning asosiy sabablarini aniqlagan edi: "Harbiy tarix haqida yetarli bilim yetishmaydi, strategik fikrlash bilan bogʻliq jiddiy muammolar bor". Shuningdek, "qoʻyilgan maqsadlarni kerakli saʼy -harakatlar bilan bogʻlay olmaslik", "Rossiya, Xitoy va Eronga qarshi platsdarm" yaratish istagi, "harbiy ustunlikka ega super derjava maqomi tufayli magʻrurlik" ham tilga olingan. Xulosa: AQSH harbiy qoʻmondonlari va harbiy amaldorlari "fojiali tarzda yanglishishdi".
Amerikanskiy avianosets CVN-78 Gerald R. Ford - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Analitika
Dunyo okeanida ustuvorlik qilish: AQSH dengiz flotining 10 yillik rejasi
Meni nazdimda, bu voqea Jahon okeanida takrorlanmoqda. AQSH HDKning Large Scale Exercise 2021dagi global mashgʻulotlari rejalari ehtimoliy raqibning oʻta yuqori aniqlikka ega raketali qurol (termoyadroviy haqida-ku gapirmasa ham boʻladi) yordamida moslashuvchan qarshi choralar koʻrsatishi mumkinligi haqidagi reallikni hisobga olmaydi. Kimgadir ufqda amerika avia-tashuvchi zarba guruhlari paydo boʻlishi bilan, Rossiya yoki Xitoyning barcha "jonkadagi tuzemchilari" qoʻrquvdan qotib qolishi va ushbu kontseptsiyalar va investitsiyalar uyumiga zudlik bilan taslim boʻlishi kerakdek tuyuladi.
Biroq, iyun oyida Qrim yaqinida Rossiya chegarasini buzgan britaniya qoidabuzar esminetsining yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan bombardimon Qora dengizda "qizil chiziq" kesib oʻtilgan taqdirda AQSH HDKning "bahsli muhit"dagi "ustunligi" hamda "kuch proyektsiyasi" nima boʻlishini koʻrsatib berdi.
Xuddi shu tarzda, Pentagonning qoʻrqmas eksperimentchilarini Janubiy-Xitoy dengizi va Sharqiy-Xitoy dengizlarida kutib olishlari mumkin - NOAK HDK qator, shu jumladan, avia-tashuvchi guruhlar ishtirokida mashqlar oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala